Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fransiya poytaxti Parij shahrida tennis bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Ulkan toj” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” turnirida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Denis Istomin yakkalik bahslarining birinchi bosqichida muvaffaqiyatga erishdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Denis Istomin. Foto: apiainternational.com.au

Denis Istomin. Foto: apiainternational.com.au

Ukrainalik Sergey Staxovskiyga qarshi kechgan uchrashuvda 6:3, 6:4, 2:6, 6:3 hisobida zafar quchgan Denis, ikkinchi bosqichga chiqdi. Ushbu bosqichda Denis Istomin germaniyalik Filipp Kolshrayberga qarshi bahs yuritadi.

Germaniyalik tennischi dastlabki bosqichda ispaniyalik Pere Ribani 7:5, 6:4, 6:1 hisobida mag‘lub etdi.

Eslatib o‘tamiz, Denis Istomin 2014-yilning 18—24-may kunlari Germaniyaning Dyusseldorf shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirda Filipp Kolshrayber bilan yarim finalda to‘qnash kelgan va o‘shanda germaniyalik tennischi 6:2, 4:6, 6:4 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi