Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Fransiya poytaxti Parij shahrida boshlangan “Ulkan toj” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” xalqaro turnirining juftliklar bahsida chexiyalik Lukash Rosol bilan bahslarga kirishadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Denis Istomin. Foto: gamblingunited.com

Denis Istomin. Foto: gamblingunited.com

Ushbu duet birinchi bosqichda juftliklar musobaqasida ikkinchi raqam ostida saralangan Peyya / Suares (Avstriya / Braziliya) juftligi bilan kuch sinashadi.

Eslatib o‘tamiz, Denis Istomin mazkur yirik musobaqaning yakkalik bahsi birinchi bosqichida ukrainalik Sergey Staxovskiy bilan bahs yuritadi. Mazkur uchrashuv bugun, 27-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekiston 2022-yilda kartoshka sotib olishni kamaytirdi. Mahalliy yetishtirish esa oshgan 
Dunyo
Bayden Ukrainaga F-16 qiruvchilari yetkazib berilmasligini aytdi. Oq uy bunga izoh berdi
Kino
Mushuk Leopold obrazini yaratgan rassom Vyacheslav Nazaruk vafot etdi