Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kimyo bo‘yicha 48-xalqaro Mendeleyev olimpiadasida jamoa hisobida qozog‘istonlik maktab o‘quvchilari g‘olib bo‘ldi. Rossiya jamoasi ikkinchi, o‘zbekistonliklar esa uchinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: ria.ru

Foto: ria.ru

Moskva davlat universitetida bo‘lib o‘tgan olimpiadada 16 davlat: Rossiya, Ozarboyjon, Armaniston, Belorussiya, Bolgariya, Vengriya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Litva, Moldaviya, Ruminiya, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya, O‘zbekiston va Saudiya Arabistonidan 100 dan ortiq milliy kimyo olimpiadalari g‘oliblari qatnashdi.

Eng ko‘p – 11 ta medalni qozog‘istonliklar qo‘lga kiritdi. Rossiya 10 ta, O‘zbekiston 8 ta medalga sazovor bo‘ldi.

Oltin medallar bo‘yicha esa yuqori uchlikni Ruminiya (5 ta oltin medal), Rossiya (3 ta) hamda Belorussiya va O‘zbekiston (bittadan) vakillari egalladi.

Bundan tashqari, Ruminiy, Rossiya, Belorussiya va O‘zbekiston ishtirokchilari birinchi darajali diplom bilan taqdirlandi. Yana 20 o‘quvchi ikkinchi, 32 ishtirokchi esa uchinchi darajali diplomlarga sazovor bo‘ldi.

Asosiy mukofotlardan tashqari, olimpiada sovrindorlari Rossiyadagi yetakchi OTMlardan birida bepul o‘qish imkoniga ega bo‘ladi, ular birinchi bosqichga imtihonsiz qabul qilinadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi