O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida kollej va akademik litsey bitiruvchilari uchun ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi. Bu haqda “Turkiston press” xabar berdi.
Unda Adliya vazirligiga qarashli Toshkent yuridik kolleji, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi yuridik kolleji, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey o‘quvchi-yoshlari va ularning o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Akademiyadagi ochiq eshiklar kunida o‘quvchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar oldi.
Akademiyada “Tergov faoliyati”, “Tezkor-qidiruv faoliyati”, “Jinoyatlarning oldini olish” va “Ekspert-kriminalistik faoliyat” mutaxassisligi bo‘yicha, serjantlar tarkibini tayyorlash oliy kurslarida esa patrul-post, yo‘l-patrul, huquqbuzarliklarning oldini olish, qo‘riqlash, yong‘in xavfsizligi, xorijga chiqish-kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati, jazoni ijro etish va boshqa xizmatlar uchun malakali serjant kadrlar tayyorlanmoqda.
Ta’kidlash joiz, har yili Akademiya tinglovchilari respublika va xalqaro fan olimpiadalarida ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda.
Izoh (0)