Osiyo Chempionlar ligasining nimchorak finali doirasida “Bunyodkor” va “Al Hilol” klublari o‘rtasida kechgan uchrashuvda toshkentliklar 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi, deb ma’lum qildi Uff.uz.
Har ikki jamoada ham gol kiritish uchun ko‘plab imkoniyatlar yuzaga keldi. Mana shunday imkoniyatlardan birini “Bunyodkor” emas, “Al Hilol” golga aylantira oldi.
Shundan so‘ng “Bunyodkor” hujumga zo‘r bergan bo‘lsa, “Al Hilol” tartibli himoyalandi va asosan qarshi hujumlardan foydalanishga harakat qildi. Biroq uchrashuvda boshqa gol kiritilmadi va “Bunyodkor” endi safar uchrashuvlarida muvaffaqiyatga erishishga urinadi.