“Rossiya kelishmovchiliklarni kamaytirish va tartibga solish bo‘yicha choralar ko‘rayotgan bir paytda Kiyev jangari aviatsiya bilan tinch aholi punktlarini o‘qqa tutdi, — deb RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov so‘zlaridan iqtibos keltirdi “ITAR-TASS”. — Uning jazo operatsiyasi Jeneva bitimidan kutilayotgan so‘nggi umidlarni puchga chiqardi”.
Kotib so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Putin Ukrainaning qurollangan kuchlar ishtirokida jazo operatsiyalari borayotgan hududlaridagi vaziyatdan tezkor ravishda xabardor bo‘lib turmoqda.