Shimoliy Koreya Soxe poligonida KN-08 uzoq masofadagi qit’alararo ballistik raketada qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan dvigatellarni sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Amerikaning Jons Xopkins universiteti mutaxassislari keyingi texnik qadam butun tizimni parvozda sinab ko‘rishdan iborat bo‘lishini taxmin qilmoqda.
KN-08 raketasi bilan bog‘liq sinovlar 2013-yil o‘rtalarida boshlangan. U 11 ming kilometr masofaga parvoz qilishi va AQSh hududigacha yetib borishi mumkin. Bu KXDR yadroviy xavfini yangi darajaga ko‘taradi.
Izoh (0)