O‘zbekistonlik Shuhrat Turdixo‘jayev Rossiyaning “Golos. Deti” loyihasi finaliga chiqa olmadi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.
“Bahslar”da Shuhrat Turdixo‘jayev Darina Ivanova va Anna Yegorova bilan birga sahnaga chiqdi. Ular “Raqsga tushamiz, Jek!” qo‘shig‘ini ijro etdi.
Xabarda aytilishicha, bolalar topshiriqni juda yaxshi bajargan. Tomoshabinlar yosh ijrochilarni tik turib olqishlagan. Uchlik ustozi Maksim Fadeyevning ta’kidlashicha, bolalarga chiqishidan oldin yurakdan kuylash kerakligini aytgan va ular ustozining ko‘rsatmasini bajargan. Fadeyev keyingi turga Anna Yegorova o‘tishini ta‘kidladi.
Fadeyev jamoa a’zolarining bir qismi loyihani tark etganiga qaramasdan, ular bilan ishlashda davom etishini qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, Shuhrat Turdixo‘jayev shouning saralash bosqichidan omadli o‘tib, Maksim Fadeyev jamoasida o‘z chiqishlarini namoyish etgan edi.
Izoh (0)