Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

17-aprel kuni Yevroparlament rezolyutsiya qabul qildi. Unda YeI Kengashini Rossiyaga nisbatan ikkinchi bosqich sanksiyasini kuchaytirish va uchinchi iqtisodiy sanksiyaga tezlik bilan o‘tishga chaqirdi. Bu haqda France Presse xabar berdi. Bunga sabab qilib deputatlar Rossiya tomonidan Ukrainadagi “separatistlar va jangarilar” qo‘llab-quvvatlanayotganini keltirdi.

Foto: svit24.net

Foto: svit24.net

Deputatlar fikricha, Rossiyaning YeIdagi investitsiya va aktivlariga nisbatan choralar ko‘rish hamda Rossiya bilan kelishuvlarni qayta ko‘rib chiqib, ba’zilarini to‘xtatish kerak. Yevroparlamentdagilar “Janubiy oqim” gaz quvuri qurilmasligi kerak edi, deb hisoblab, gaz yetkazib berishning boshqa manbasini topishni taklif qilmoqda.

Bundan tashqari, deputatlar rezolyutsiyada Qrim va uning rahbariyatiga nisbatan iqtisodiy, savdo va moliyaviy cheklovlar kiritishga chaqirdi. Hujjatni 437 deputat yoqlab ovoz berdi, 49 kishi qarshi chiqdi.

Yevropa qonunchiligiga ko‘ra, Yevroparlament rezolyutsiyasi qonun chiqaruvchi statusga ega emas va uning bajarilishi majburiy emas. Biroq YeIning ijro etuvchi hukumati organi bo‘lgan Yevrokomissiya ushbu tavsiyalarga quloq tutsa, Rossiya kompaniyalari ishtirokidagi yirik energetika loyihalari sanksiya ta’siriga tushishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi