Ukraina hukumati mamlakat hududiga Rossiya Federatsiyasi, Qrim Respublikasi va Sevastopol fuqarolari kirishini man qildi. Bu haqda TJournal xabar berdi.
17-apreldan boshlab Ukraina chegarasini kesib o‘tishda RFning 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkak fuqarolari, shuningdek Qrim va Sevastopolda ro‘yxatdan o‘tgan Ukraina fuqarolariga ruxsat berilmaydi. Ukrainaning Qrim va Sevastopoldan kelgan 20—35 yoshli ayol fuqarolariga esa “filtratsiya-tekshirish tadbirlari” o‘tkazish natijalariga qarab ruxsat beriladi.
Ukraina hududiga faqat favqulodda holatlarda kirish mumkin bo‘ladi. Masalan yaqin qarindoshlarning o‘limi yoki og‘ir kasalligi bilan bog‘liq holatlarda, biroq shunda ham qarindoshlik aloqasini tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatilishi kerak bo‘ladi.
Ayni paytda yo‘lovchilarga Ukrainaga sayohat qilmaslik tavsiya etilmoqda.
Izoh (0)