• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda tadbirkorlikni ro‘yxatga olishni soddalashtirishga qaratilgan qaror qabul qilindi

    O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 15-aprel kuni “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorni imzoladi. Qaror matni O‘zA tomonidan e’lon qilindi.

    Oqsaroy. Foto: ouzbekistan.fr

    Oqsaroy. Foto: ouzbekistan.fr

    Qaror Prezidentning 2014-yil 7-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq hamda litsenziyalashni va ruxsat etish xarakteriga ega hujjatlarni berish mexanizmlarini yanada soddalashtirish va arzonlashtirish, shuningdek, tadbirkorlikka ko‘proq erkinlik berish maqsadida qabul qilindi.

    Unga ko‘ra, O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning takliflariga asosan 2014-yil 1-iyundan boshlab, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalanadigan faoliyatning va ruxsat etish xarakteriga ega hujjatlarning alohida turlari bekor qilinishi, faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini va ruxsat etish xarakteriga ega tartibotlarni rasmiylashtirishning muddatlari va yig‘imlari miqdorlari qisqartirilishi, shuningdek, ruxsat etish xarakteriga ega hujjatlarni va litsenziyalarni olish tartibotlarini yanada qisqartirish va soddalashtirish to‘g‘risidagi takliflar qabul qilinishi lozim.

    Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi litsenziya va ruxsat etish xarakteriga ega hujjatlarni berish bo‘yicha vakolatli organlar, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 2015-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashda “bir darcha” tamoyilini qonun hujjatlari darajasida joriy etish ta’minlanishi, tadbirkorlik subyektlari tomonidan litsenziya kelishuvlari shartlarini bajarish bo‘yicha davriy hisobotlarni elektron shaklda taqdim etib borish uchun dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy etish 2014-yilning oxirigacha tamomlanishi zarur.

    Qarorda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini va ruxsat etish tartibotlarini rasmiylashtirishni elektron shaklga o‘tkazish, shuningdek, davlat organlarining tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro elektron hamkorligini joriy etish samaradorligini baholash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan ishlarni muvofiqlashtirish va tizimli monitoring qilishi, Markaziy bank, “O‘zkommunxizmat” agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2014-yilning oxirigacha Kommunal xo‘jalik va uy-joy fondi portalini elektron to‘lov tizimlari va kommunal xizmatlarning billing tizimlari bilan birlashtirish yo‘li orqali mazkur portalni takomillashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish, bunda tadbirkorlik subyektlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, real vaqt rejimida o‘zaro hisob-kitoblar holati to‘g‘risida xabar berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatlari nazarda tutish, shuningdek, manfaatdor vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va tadbirkorlik subyektlariga 2013—2020-yillar davrida O‘zbekistonning Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirishning kompleks dasturi doirasida ishlab chiqilayotgan axborot tizimlaridan bepul foydalanish imkoniyati yaratish kerakligi belgilangan.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda 2014-yil 1-oktabrdan boshlab, O‘zbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida moliya, soliq, statistika va boshqa turdagi hisobotlarni interaktiv rasmiylashtirish va taqdim etish; soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni, kommunal to‘lovlarni, litsenziya va ruxsat etish xarakteriga ega hujjatlar bo‘yicha ko‘rib chiqishda va ularni olishda to‘lanadigan yig‘imlarni va davlat bojlarini Internet-banking tizimi orqali to‘lash hamda ma’lumotnomalar olish va boshqa interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini beradigan maxsus “tadbirkorlik subyektining kabineti”ni ishga tushirishi lozim.

    Bundan tashqari, 2014-yil 1-iyundan boshlab, tadbirkorlik subyektlariga “bir darcha” tamoyili bo‘yicha elektron shaklda tadbirkorlik subyektlarining ularni Mahalliylashtirish dasturiga kiritishga doir talabnomalarini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga taqdim etish; milliy valyutada bir yilgacha bo‘lgan muddatga kredit olishga doir hujjatlarni xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklariga topshirish huquqini beradigan tartib o‘rnatilishi belgilangan.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komplekslari rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatiga noqonuniy aralashish, shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ortiqcha qog‘ozbozlikka yo‘l qo‘yish holatlari uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralarini kuchaytirishni nazarda tutgan holda qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni ikki oy muddatda belgilangan tartibda kiritishi zarur.

    O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mamlakatda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish bo‘yicha qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni keng yoritish yuzasidan har bir hududda tadbirlar o‘tkazilishi tayinlangan.

    Iqtisodiyot vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ruxsat etish xarakteriga ega hujjatlar va litsenziyalarni berish tartibotlarini belgilaydigan me’yoriy-huquqiy hujjatlarga 2014-yil 1-iyungacha tegishli o‘zgartishlar kiritilishi lozim.

    Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. M. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilgan.

    16.04.2014, 10:23   Izoh (0)   6770
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxorodagi yuz yillik tarixga ega tosh ko‘prik rekonstruksiya qilindi

    16.04.2014, 10:06

    O‘zbekistonlik internet foydalanuvchilari yordamida katta pulli hamyon o‘z egasini topdi

    15.04.2014, 13:12

    Toshkentda 26- va 13-tramvay o‘zaro to‘qnashib ketdi

    15.04.2014, 12:12

    O‘zbekistondagi biometrik pasportlarda kamchilik borligi haqidagi mish-mishlar rad etildi

    15.04.2014, 11:58

    O‘zbekistonda sug‘urta urug‘lik fondi tashkil etiladi

    15.04.2014, 10:08

    Toshkentdagi Turin politexnika universitetiga qabul kvotasi o‘zgarmadi

    15.04.2014, 09:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.