O‘zbekiston hukumati sug‘urta urug‘lik fondini (SUF) tashkil etish va undan foydalanish tartibini tasdiqladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi raislari, viloyatlar va tumanlar hokimlari zimmasiga sug‘urta urug‘lik fondini tashkil etish yuklandi.
SUF uchun urug‘liklarni yetishtirish hajmlari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
- urug‘lik chigit uchun — kelgusi yilda g‘o‘zaning asosiy urug‘lik fondi uchun yetishtiriladigan urug‘lik prognoz hajmining 10 foizigacha;
- boshoqli don ekinlari urug‘liklari uchun — kelgusi yilda boshoqli don ekinlarining asosiy urug‘lik fondi uchun yetishtiriladigan urug‘lik prognoz hajmining 3 foizigacha.
Izoh (0)