• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yunusoboddagi Toshkent kimyo-texnologiya litseyi o‘rniga maktabni qaytarish taklif etilmoqda

    Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan Toshkent kimyo-texnologiya instituti qoshidagi akademik litsey negizida qaytadan maktab tashkil etish taklif qilinmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.  

    Foto: Yandeks xarita

    Maʼlum qilinishicha, ushbu taklifni Bahodir Abduvaliyev shahar hokimi Shavkat Umurzoqov bilan uchrashuvda bildirgan. 9-aprel kuni Shavkat Umurzoqov tashrifi chog‘ida tuman hokimi Shoshtepa va Akbarobod mahallalari infratuzilmasi va qiyofasini yaxshilash bo‘yicha taqdimot o‘tkazgan.

    Taqdimotda Bahodir Abduvaliyev Mega Planet savdo markazi yonidagi 26,5 gektar maydonda joylashgan Akbarobod mahallasini rivojlantirish chora-tadbirlari haqida gapirgan. U yerdagi 21 ta uyda 3248 nafar aholi istiqomat qiladi.

    Nashrning tuman hokimi so‘zlariga asosan yozishicha, mahallaga avvallari shu hududda bo‘lgan maktab zarur. 2007-yilda 960 o‘rinli maktab binosi Toshkent kimyo-texnologiya instituti qoshidagi akademik litseyga berilgan bo‘lsa-da, u atigi 30 foiz quvvat bilan ishlamoqda. Binoning bir qismi musiqa maktabiga aylangan.

    Foto: Toshkent shahar hokimligi
    “Litseyga sektor mudiri bilan shaxsan o‘zim tashrif buyurdim. U yerda faqat 30 foiz o‘quv xonalari band, viloyatlardan kelgan talabalar tahsil olishadi. Sinf xonalarining 70 foizi bo‘sh. Shu bois litsey binosini kimyo sanoati tizimidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi balansiga qaytarib, o‘sha yerda yana maktab tashkil etishni taklif qilaman. Bu mahalla uchun zarur”, — degan u.

    Poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqov bu taklifni ko‘rib chiqishini taʼkidlab, litseyni ko‘chirish uchun joy ajratish zarurligini bildirgan.

    Tuman hokimining maʼlum qilishicha, litsey hududidagi 27,5 sotixli uchta bo‘sh yer uchastkasini (1 gektar uchun 65 ming dollar) auksion orqali sotish yo‘li bilan 22,5 mlrd dollar jalb qilish kutilmoqda. Gap “o‘lik va foydalanilmayotgan” hovuz haqida ketmoqda, dedi u. Savdodan tushgan mablag‘ni mahallani obodonlashtirish, maktabni taʼmirlashga yo‘naltirish rejalashtirilgan.

    2024-yilda Akbarobod mahallasida 9,5 milliard so‘mlik ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

    Iqtisodchi Otabek Bakirov maktablar hududidagi sotib yuborilgan yer maydonlarini qaytarish o‘rniga, qolganiniyam sotish yangi to‘lqin bilan davom etishi mumkinligini yozmoqda.

    “Tasdiqlanganidan keyin mahallabay yurishni boshlagan poytaxt hokimiga sotish mumkin bo‘lgan yer maydonlarini prezentatsiya qilishni boshlashgan. Ular orasida ilgari maktab bo‘lgan va yana maktabga aylantirilishi ko‘zlangan litseyning 27,5 sotixli yer maydoni ham bor. Emishki, bu joy o‘lik va foydalanmayotgan basseyn emish. Sotishdan tushgan pulga mahallani obodonlashtirish va maktabni taʼmirlashga ishlatilarmish. 

    Hokim bilan uchrashuvda hozir bo‘lganlarning hech biri maktab maydoniga tegmaylik, qursak, o‘rniga yana maktab quraylik demagan. Loaqal birontasi turib o‘sha sotmoqchi bo‘lgan yer maydonining puliga kamida 500 o‘rinli yangi maktab binosi qursa bo‘ladiku, deb so‘ramagan.

    Agarda hozir shu bitta maktab misolida yer sotish boshlansa, uni to‘xtatib qolib bo‘lmaydi. ”Yunusobod tajribasi“ degan ahmoqona metodichka bilan butun O‘zbekistonga yoyiladi. Hech kim saylamagan hokimlar va ularning ochofat shotirlari maktablarning yer maydonlariga ko‘z olaytirib turibdi. Doimgidek, hech narsani hal qilmaydigan maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi og‘ziga tolqon solib o‘tiripti.

    Maktablarning bo‘sh hududiga faqat taʼlim jarayoniga oid bino va inshootlar qurilishi kerak. bu basseyn, bu sport zali, bu kutubxona bo‘lishi mumkin. Agar chuqur iqtisodiy asoslansa, davlat xususiy sherikchilik asosida xususiy maktab qurishni ham o‘ylab ko‘rsa bo‘ladi, undan ortiq emas.

    Hurmatli qaror qabul qiluvchilar, byudjet tizimidagi maktablar, shifoxonalar, universitetlar makoni ”xususiylashtirishdan“ daxlsiz bo‘lishi va ularning hududini sotish qonun bilan taqiqlanishi zarur.

    Maktablardan qo‘lingizni torting, hurmatsiz yersotarlar. O‘zbekiston kelajagiga chang solmang”, — deb yozadi iqtisodchi.

    14.04.2024, 21:11   Izoh (0)   7725
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda yaroqsiz holatga kelib qolgan 20 ta maktab va bog‘cha binosi buziladi

    10.04.2024, 20:10

    O‘zbekistonda maktablar soni so‘nggi 5 yilda 660 taga ko‘paydi

    13.04.2024, 20:35

    Urgutda mashinasidan giyohvandlik moddasi topilgan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    14.04.2024, 20:05

    Farg‘onada 69,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan ohak sexi aniqlandi

    14.04.2024, 18:56

    Sirdaryolik nuroniy bog‘bonga prezident nomidan Tracker sovg‘a qilindi

    14.04.2024, 18:08

    Milliy gvardiya Farg‘onada o‘qituvchi kaltaklanishiga olib kelgan voqea tafsilotlarini e’lon qildi

    14.04.2024, 14:39
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.