Taʼmirlash ishlari tufayli Chilonzor, Uchtepa, Mirzo Ulug‘bek va Olmazor tumanlarining qator hududlariga 26-aprel kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgazta’minot” matbuot xizmati xabar berdi.
Chilonzor tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha):
- aholi isteʼmolchilari — “Zarqo‘rg‘on”, “Fidokor”, “Navbahor”, “Katta Navbahor”, S-mavze, “Ko‘tarma”, “Naqqoshlik”, “Botirma”, “Mevazor”, “2-Qatortol”, “Yakkabog‘”, “Qozirabod”, “Tirsakobod”, “Mehrijon”, “Katta Xirmontepa” MFYlaridagi 1963 ta yerli xonadon va ko‘p qavatli uylardagi 6858 ta xonadon;
- ulgurji isteʼmolchilar — hududdagi 68 ta ulgurji isteʼmolchilar.
Uchtepa tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha):
- aholi isteʼmolchilari — “Tepa Qo‘rg‘on”, “Ko‘xna Cho‘pontepa”, “Bog‘obod”, “Bog‘iston”, “Birlik”, “Nayman”, “Guzar” MFYlari, Uchtepa tuman 11–15, 21–26-mavzelari ko‘p qavatli uylaridagi 7379 ta xonadon;
- ulgurji isteʼmolchilar — Ushbu hududdagi 76 ta ulgurji isteʼmolchilar.
Mirzo Ulug‘bek tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha):
- aholi isteʼmolchilari — “Temuriylar” MFYdagi 254 ta xonadon;
- ulgurji isteʼmolchilar — 10 ta.
Olmazor tumani (soat 10:00 dan 16:00 gacha):
- aholi isteʼmolchilari — “Qizg‘aldoq” MFYdagi 260 ta xonadon;
- ulgurji isteʼmolchilar — 4 ta.
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.
Bundan oldin ham Toshkentning Bektemir, Mirobod hamda Olmazor tumanlarida “svet” vaqtincha o‘chirilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)