Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant Livan janubidagi “Hizbulloh” qo‘mondonlarining yarmi Isroil harbiylari tomonidan yo‘q qilinganini aytdi. Bu haqda The Times of Israel nashri yozmoqda.
“Livan janubidagi “Hizbulloh” qo‘mondonlarining yarmi yo‘q qilindi... qolgan yarmi esa Isroil armiyasi operatsiyalari natijasida Livan janubida yashiringan yoki qochib ketmoqda”, — dedi Gallant.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroilning asosiy maqsadi “Hizbulloh”ning har kungi hujumlari ostida o‘n minglab ko‘chirilgan isroilliklarni uylariga qaytarishdir.
“Biz bu masalani hal qilishning bir qancha muqobil variantlarini ko‘rib chiqmoqdamiz va kelgusi davr hal qiluvchi bo‘ladi”, — dedi u.
Avvalroq Isroil mudofaa vaziri amerikalik hamkasbi Lloyd Ostin bilan telefon suhbatida yahudiy davlati rasmiylarining Eron hujumiga javob berishdan boshqa chorasi yo‘qligini ma’lum qilgandi.
Shuningdek, u Isroil Suriyadagi nishonlarga har safar zarba berganida Eron to‘g‘ridan to‘g‘ri hujum bilan javob qaytaradigan vaziyatga rozi emasligini ta’kidlagan.
Izoh (0)