• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bizni umumiy tarix, madaniy va maʼnaviy qadriyatlar, anʼana va urf-odatlar birlashtirib turadi” — Shavkat Mirziyoyev

    Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon oliy darajadagi muzokaralardan so‘ng ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonot bilan chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Maʼlum qilinishicha, O‘zbekiston prezidenti Tojikiston prezidenti va xalqiga har doimgidek iliq va samimiy qabul uchun dildan minnatdorlik bildirdi.

    Tomonlar do‘stlik va ishonch muhitida o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvlar yakunlarini yuksak baholadi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    “Yana bir bor taʼkidlayman, Tojikiston O‘zbekiston uchun eng yaqin, ishonchli, asrlar bilan sinalgan strategik sherikdir. Birodar o‘zbek va tojik xalqlari ko‘p asrlik do‘stlik rishtalari bilan chambarchas bog‘langan. Bizni umumiy tarix, madaniy va maʼnaviy qadriyatlar, anʼana va urf-odatlar birlashtirib turadi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Qardosh xalqlarning tub manfaatlariga to‘liq mos bo‘lgan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi ushbu tashrifning chinakam tarixiy natijasi bo‘lgani qayd etildi:

    “Bu qadam bilan O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali strategik sheriklik va ittifoqchilikni chuqurlashtirish bo‘yicha ortga qaytmas yo‘ldan yurishga qatʼiy intilishimizni tasdiqladik. Ushbu muhim hujjat, hech mubolag‘asiz, ikki tomonlama munosabatlarda yangi tarixiy davrni anglatadi”.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Savdo va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hamkorlikning ustuvor yo‘nalishi etib belgilandi.

    Keyingi yillarda bir necha o‘n karra ko‘paygan tovar ayirboshlash barqaror o‘sib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

    Ikki mamlakat hukumatlari oldiga tovar ayirboshlashni, shu jumladan, uchinchi mamlakatlardan importning o‘rini faol to‘ldirish orqali 2 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Kuni kecha o‘tgan biznes forumida salmoqli shartnomalar va bitimlar to‘plami imzolangani ushbu maqsadga xizmat qiladi.

    Shuningdek, “Oybek-Fotexobod” chegaraoldi erkin savdo zonasi va “Andarxon” savdo-logistika markazini tashkil etish ishlarini jadallashtirish muhimligi taʼkidlandi.

    Oliy darajadagi uchrashuvlar chog‘ida sanoat kooperatsiyasida, eng avvalo, ikki mamlakat bir-birini to‘ldirib turgan anʼanaviy tarmoqlarda yangi o‘sish nuqtalari belgilanib olindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Mashinasozlik, energetika, elektrotexnika, metallurgiya, qazib chiqarish, to‘qimachilik, farmatsevtika, agrosanoat va boshqa ustuvor tarmoqlardagi qo‘shma loyihalar shular jumlasidan.

    Bunday muhim loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekiston-Tojikiston investitsiya kompaniyasining salohiyatidan samarali foydalaniladi.

    Suv-energetika sohasidagi hamkorlikka alohida eʼtibor qaratildi. Transchegaraviy suv resurslaridan birgalikda foydalanish sohasida konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga tayyorlik bildirildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Hamkorlikning yana bir strategik yo‘nalishi – ikki mamlakat transport-tranzit salohiyatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish.

    Yo‘lovchi va yuklar tashish hajmini oshirish, zamonaviy chegaraoldi va bojxona infratuzilmasini yaratish bo‘yicha qo‘shma choralar ko‘riladi.

    Hududlararo hamkorlik salohiyatini faol ishga solish zarurligi qayd etildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ko‘rgazmalar, teatrlarning ijodiy safarlari, yoshlar va taʼlim forumlarini muntazam o‘tkazish, sport dasturlarini amalga oshirish, turizm xizmatlarini kengaytirish orqali madaniy-gumanitar almashinuvni chuqurlashtirish masalalari muzokaralardan muhim o‘rin egalladi.

    Tomonlar ushbu tarixiy tashrif, uning samarali natijalari va imzolangan muhim hujjatlar ikki mamlakatning jadal taraqqiyotiga xizmat qilishi, birodar O‘zbekiston va Tojikiston xalqlarining umumiy farovonligini taʼminlashiga ishonch bildirdilar.

    18.04.2024, 18:16   Izoh (0)   3395
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Faol muloqot natijasida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar misli ko‘rilmagan yuqori darajaga ko‘tarildi” — Shavkat Mirziyoyev

    18.04.2024, 15:14

    O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi

    18.04.2024, 16:50

    Tojikiston prezidenti Ozodbek Nazarbekov, Yulduz Usmonova va qator sanʼatkorlarni mukofotladi (video)

    18.04.2024, 17:00

    Surxondaryoda erkak bedarak yo‘qoldi. Topishda ko‘maklashganlarga 5 mln so‘m beriladi 

    18.04.2024, 17:21

    Toshkent viloyatida homilador ayol antibiotik sabab vafot etdi. Uning eri voqea haqida aytib berdi 

    18.04.2024, 16:49

    O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun ko‘tarildi

    18.04.2024, 16:21
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Turkiyadagi terakt, isroillik ruhoniyning o‘ldirilishi, Shvetsiyadagi fojia — o‘zbekistonliklar aybdor deb topilgan eng yirik terroristik harakatlar

    19.12.2024, 20:29
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindiston va Pokiston bir-birini sulhni buzganlikda aybladi

    Dunyo | 11 may, 18:04

    Rossiya 30 kunlik sulh uchun shart qo‘ydi

    Dunyo | 11 may, 17:35

    Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritilishi mumkin

    O‘zbekiston | 11 may, 17:05

    “Bavariya” “Real” hamda “Barselona”ning rejalarini barbod qilishi mumkin

    Sport | 11 may, 17:03

    Mashhur otasining xohishiga qarshi chiqqan, 3 farzandli bo‘lsa ham Anna Kurnikovaga uylanmagan Enrike Iglesias 50 yoshda

    Layfstayl | 11 may, 16:35

    “Ruslar nihoyat o‘ylay boshlashdi” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 16:05

    AQSH Ukrainaga Patriot raketalarini topshirishini ma’qulladi

    Dunyo | 11 may, 15:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.