Xitoy AQSH vakillarini tashqi siyosatda “qizil chiziq” dan o‘tmaslik haqida ogohlantirdi. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.
Manbada aytilishicha, ushbu bayonot Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I va AQSH davlat kotibi Entoni Blinken uchrashuvida aytilgan. Xitoy vakili amerikalik hamkasbini Vashington “qizil chiziqlar”ga yaqinlashayotganidan ogohlantirgan.
Xitoy vakili Van I aytishicha, Xitoy va AQSH munosabatlari hozirda barqarorlasha boshlagan. Lekin tomonlar orasida hali ham “salbiy omillar” bo‘lib, bu omillar vaqt sinovidan o‘tmoqda.
Entoni Blinkenning Xitoyga bir yildan oz muddat ichida ikkinchi tashrifi raqib kuchlar o‘rtasidagi dialog va diplomatiyadagi sezilarli o‘sishning bir qismini tashkil etishi aytilgan. Tomonlar o‘tgan yilgi keskinlik davridan keyin munosabatlarni bir tekisda mustahkamlashga harakat qilmoqdalar.
Aloqalar Xitoyning Tayvan va Janubiy Xitoy dengizi bo‘yicha daʼvolari va AQSHning ilg‘or texnologiyalarni eksport qilishni taqiqlashi tufayli keskinlashgan edi. O‘tgan yilning fevral oyida AQSH ustida ko‘ringan Xitoy “josus shar”i tufayli ham aloqalar sovuqlashgan.
Pekinda AQSH vakili Blinken Vashingtonning “yagona Xitoy siyosati”ni qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlagan. Bu AQSH va Xitoy munosabatlarining asosi bo‘lib, unga ko‘ra AQSH Tayvan emas, balki Xitoy bilan rasmiy aloqalarga ega ekanligi urg‘ulangan.
Izoh (0)