• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12892.91
    • RUB160.34
    • EUR14512.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Iqtisodiyot

    “Daryo”da muhokama qilingan mavzu: Temu’ning bloklanishiga asosiy sabab nima?

    O‘zbekistonda Temu platformasidan foydalanish 2025-yil 20-martdan boshlab cheklanadi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

    Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida elektron tijorat sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 2-bandi bilan elektron tijorat operatorlari, xususan, elektron savdo platformalari operatorlari sifatida faqat yuridik shaxslar — O‘zbekiston rezidentlari faoliyat yuritishi mumkinligi belgilangan.

    Mamlakat fuqarolariga xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy elektron savdo platformalari faoliyatini o‘rganish jarayonida ayrim elektron savdo platformalari tomonidan O‘zbekistonning elektron tijorat, chakana savdo, reklama, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmayotgani aniqlangan.

    “Tushunmovchiliklarni oldini olish maqsadida, yurtdoshlarimizdan bugungi kundan boshlab Temu platformasida buyurtma bermasliklarini so‘raymiz. Bunda, agar buyurtma bundan oldin amalga oshirilgan bo‘lsa, platformada to‘lovni qaytarishni tashkil etish tavsiya etiladi”, deyiladi rasmiy xabarda.

    Agentlik va Soliq qo‘mitasi fuqarolarni O‘zbekiston hududida o‘z faoliyatini mahalliylashtirmagan yoki mamlakatda Soliq qo‘mitasining elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar va marketpleyslar ro‘yxatiga kirmagan xorijiy elektron savdo platformalari xizmatlaridan foydalanmaslikka, ehtiyot choralarini ko‘rishga, shaxsiy va boshqa ma’lumotlarni bunday subyektlarga bermaslikka chaqirdi.

    Temu O‘zbekistonda bloklanishi mumkinligi haqida bundan bir necha kun avval xabar qilingan edi.

    “Daryo” 2024-yil dekabrida elektron tijorat vakillari — O‘zbekiston “Sellerlar” uyushmasi raisi Timur Rashidov, Uzum Market MCHJ XK sotuvchisi Muhammadjon Murodjonov hamda iqtisodchi Otabek Bakirov bilan suhbatlashganida Temu platformasiga ham to‘xtalib o‘tilgandi.

    Timur Rashidov chet el marketpleyslarida suratda yoki videoda ko‘rsatilgan mahsulot boshqacharoq bo‘lib chiqishi mumkinligi, ammo iste’molchi o‘ziga yoqmagan tovarni qaytarib bera olmasligini aytib o‘tgandi.

    "Ayrim chet el marketpleyslari soliq to‘lamasdan yoki zimmasiga javobgarlik olmasdan, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va eksport bilan ishlayotgan tadbirkorlarga raqobat keltirib chiqaradi. Masalan, xorijiy marketpleyslardan buyurtma tovarlarda kamchiliklar bor. Misol uchun, suratda yoki videoda ko‘rsatilgan mahsulot boshqacharoq bo‘lib chiqishi mumkin, ammo siz uni qaytarib jo‘nata olmaysiz, orqaga yo‘l yo‘q. Agar Temuni olsak, isteʼmolchilar buyurtma beradi, tovar kelishi kamida o‘n to‘rt kunga, baʼzan bir oyga cho‘ziladi. Ammo qaytarib bo‘lmaydi", degandi u.

    Iqtisodchi Otabek Bakirov esa chet el platformalari qatʼiy qoidalar yo‘qligi tufayli tirqishlardan foydalanib bozorni egallab olishini, bundan esa davlat ham, isteʼmolchi ham yutmasligini aytgan.

    "Gap faqat isteʼmolchining yoki tadbirkorlarning savolida emas, bu o‘rinda raqobat masalasi ham bor-da. Teng raqobat, teng imkoniyatlar bo‘lishi lozim. Teng raqobat bo‘lmaydigan bo‘lsa, tadbirkor juda katta mablag‘, vaqt, resurs sarflaydi, kutilgan natijaga ega bo‘lolmaydi, bozor sinadi", degan edi iqtisodchi Otabek Bakirov.

    Muhammadjon Murodjonov esa chet el marketpleyslarining yana bir muammosi sifat nazorati yo‘qligida ekanini ta’kidlagan.

    "Bu katta muammo. Biz O‘zbekistonga olib kirayotgan har bir mahsulotimizni rasmiy ravishda sifat nazoratidan o‘tkazamiz. Misol uchun, xorijdan idish-tovoqlar olib kiramiz. Ular albatta sifat nazoratidan o‘tishi kerak, chunki ularda taom tayyorlanadi, oziq-ovqatlar saqlanadi. Xorijiy platformalarda esa hech qanday sifat nazorati yo‘q", degandi u.

    O‘zbekiston soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan chet el marketpleyslarini bloklash choralarini ko‘rayotgan yagona davlat emas: Temu allaqachon ko‘plab mamlakatlarda bloklangan yoki bloklash masalasi muhokama qilinmoqda. 

    Indoneziya va Vetnamda Temu butunlay bloklangan. Turkiya esa Temu’dagi barcha tovarlarga 60% boj joriy etdi. Xitoy marketpleysiga sanksiyalar joriy etish AQSHda Bayden ma'muriyati davridayoq muhokama qilingandi. Tramp prezidentligi davrida Xitoyga qarshi tariflarning joriy etilishi fonida mazkur jarayon yanada kuchayishi aniq. Yevropa Ittifoqi ham Temu’ga cheklovlar qo'yishni faol ravishda muhokama qilmoqda.

    4 mart, 18:08   Izoh (0)   25084
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Temu

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yevrokomissiya Temu onlayn do‘konini jarimaga tortishi mumkin  

    31.10.2024, 23:02

    “Hammaga teng raqobat bo‘lishi shart” — elektron bozor, marketpleyslar va mavjud muammolar haqida

    05.12.2024, 12:06

    Temu va Shein Vyetnamda faoliyatini to‘xtatdi

    06.12.2024, 12:45

    Temu O‘zbekistonda bloklanishi mumkin 

    27 fevral, 16:11
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyoning mashhur modellari tongni qanday boshlaydi?

    Layfstayl | 21 may, 07:10

    Yevropa Ittifoqi Suriyaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilishga qaror qildi

    Dunyo | 20 may, 23:50

    Britaniya G‘azodagi operatsiya tufayli Isroil bilan savdo muzokaralarini to‘xtatdi

    Dunyo | 20 may, 23:35

    Qozog‘istondan O‘zbekistonga 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini olib kirmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 may, 23:20

    Crocus’dagi terror hujumidan yetkazilgan zarar 75 mln dollarni tashkil etgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 20 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 20-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 may, 23:00

    Parhez va og‘ir mashqlarsiz ozish siri: moddalar almashinuvini tezlashtirish uchun xatolardan voz keching

    Layfstayl | 20 may, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.