• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Olimpiya shaharchasi hududida xokkey majmuasi qurilishi mumkin

    Prezident Shavkat Mirziyoyevga sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqbolli rejalar to‘g‘risida axborot berildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Avvalo ommaviy sportni va olimpiya harakatini yanada kengaytirish masalalariga eʼtibor qaratildi. Yaqinda Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari jami 39 ta medalni qo‘lga kiritib, yuzlab davlatlar orasida 13-o‘rinlarni egallagan edi. Bu mamlakatimiz sporti tarixida eng yuqori natijalar bo‘ldi.

    Mazkur nufuzli musobaqalar g‘olib va sovrindorlari bilan uchrashuvda davlat rahbari 2028-yilda Los-Anjelesda bo‘ladigan o‘yinlarga hozirdan tayyorgarlik ko‘rish, yo‘llanmalar soni va turini ko‘paytirish zarurligini taʼkidlagan edi.

    Shundan kelib chiqib, Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari tomonidan sport turlari bo‘yicha foydalanilmagan imkoniyatlar yana bir bor tanqidiy tahlil qilindi.

    Misol uchun, Olimpiya o‘yinlarida yengil atletika bo‘yicha 48 ta, suv sporti turlarida 49 ta dastur mavjud. Lekin vakillarimiz ularda 5 va 4 ta yo‘llanma bilan qatnashdi, xolos.

    Tennis, o‘q otish, gimnastika, velosport bo‘yicha federatsiyalar ham, sharoit ham bor. Yunon-rum kurashi, ot sporti, qilichbozlik, eshkak eshish bo‘yicha hali ishga solinmagan imkoniyatlar ko‘p. Chim ustida xokkey, basketbol, gandbol, regbi, suv polosi kabi jamoaviy sport turlarini ham rivojlantirish zarur.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Mazkur sport federatsiyalari ishini jonlantirish, o‘quv-mashg‘ulotlar tizimini takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

    Olimpiya va paralimpiya harakati ommaviy sportdan kuch olishi taʼkidlanib, mahallalarda seleksiya ishlarini kengaytirish, iqtidorli yoshlarni professional etib tarbiyalash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Maʼlumki, kelgusi yil yurtimizda yoshlar o‘rtasida Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Buning uchun Toshkentda Olimpiya shaharchasi barpo etilmoqda.

    U yerga tashrifi chog‘ida Prezidentimiz bu majmua mamlakatimiz sportining ilmiy, amaliy, o‘quv-mashg‘ulot markazi bo‘lishi zarurligini aytgan edi.

    Shunga muvofiq, Osiyo o‘yinlaridan so‘ng, Olimpiya shaharchasi infratuzilmasidan samarali foydalanish ko‘zda tutilmoqda. Buning uchun “Aqlli shahar” konsepsiyasiga asoslangan maʼmuriy boshqaruv tashkil etiladi. U sport majmualarini saqlash, jihozlar va texnik tizimlar holatini kuzatib borish, zarur hollarda taʼmirlash bilan shug‘ullanadi. Ustuvor sport turlari bo‘yicha yillik reja tasdiqlanib, hududlardagi sportchilarning Olimpiya shaharchasida o‘quv-mashg‘ulot o‘tkazishi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, bu tuzilmaga ommaviy tadbirlarni tashkil etish, ijara va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish huquqi beriladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Olimpiya harakati haqida gap ketganda, qishki o‘yinlarni ham nazardan qochirmaslik zarur. Shunday sport turlaridan biri bu xokkey. 

    Bugungi kunda bu bo‘yicha 4 ta sport klubi va 3 ta sport inshooti mavjud. Xokkey bo‘yicha U-16 terma jamoamiz 2023-yilda Osiyo va Okeaniya kubogida 1-o‘rin bo‘lgan edi. Bu yil mazkur musobaqa ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazilib, U-18 terma jamoamiz g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

    Shularga asoslanib, bu sport turini rivojlantirish, keyinchalik Olimpiya shaharchasi hududida xokkey majmuasini qurish bo‘yicha takliflar bildirildi.

    Davlat rahbari aholini jimoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb etish, xalqaro musobaqalarga tizimli tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

    20.09.2024, 19:52   Izoh (0)   3513
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Prezident Olimpiya shaharchasi qurilishini borib ko‘rdi (foto) 

    10.09.2024, 21:19

    “Paralimpiya o‘yinlari – bu chinakam iroda, jasorat va matonat, ezgulik va gumanizm namoyishi” — Shavkat Mirziyoyev

    13.09.2024, 16:53

    Shavkat Mirziyoyev Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlariga faxriy unvon, orden va medallarni topshirdi 

    13.09.2024, 20:07

    O‘zbekistonda malaka sertifikati olmaganlar xususiy tartibda psixologik yordam ko‘rsatishi taqiqlanadi

    20.09.2024, 19:35

    O‘zbekistonda bolaga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik qilganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi

    20.09.2024, 18:55

    O‘zbekiston haqida nomaqbul gapirgan chet elliklarga taqiq bo‘yicha qonun senatda maʼqullandi

    20.09.2024, 18:36
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ombudsman Toshkentdagi hibsxonada ayol uzoq vaqtdan beri saqlanayotganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:50

    50 daqiqalik suhbat: Putin va Tramp Yaqin Sharqdagi keskinlashgan vaziyatni muhokama qildi

    Dunyo | 14 iyun, 21:20

    ChatGPT’dan diniy savollarga javob olish joizmi? Musulmonlar idorasi javob berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:18

    Tailand va Kamboja chegara mojarosini hal qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi

    Dunyo | 14 iyun, 21:10

    Endryu Robertson “Atletiko”ga o‘tishi kutilmoqda

    Sport | 14 iyun, 20:57

    Erondagi cheklovlar sababli Dubay va Sharm ash-Shayxga aviareyslar jadvali o‘zgartirildi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 20:50

    Isroilning Eronga hujumidan so‘ng qaysi aviakompaniyalar parvozlarini to‘xtatdi yoki bekor qildi?

    Dunyo | 14 iyun, 20:45

    Toshkent–Tel-Aviv–Toshkent aviareyslari iyun oxirigacha bekor qilindi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 20:19

    Hindistonlik milliarder polo o‘yini paytida asalari chaqishidan vafot etdi

    Dunyo | 14 iyun, 19:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.