• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12466.44
    • RUB155.42
    • EUR14517.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Polshaga Rossiya droni qulab tushdi va portladi

    Polshaning Osina qishlog‘idagi makkajo‘xori dalasiga 20-avgustga o‘tar kechasi Rossiya droni qulab tushdi va portladi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

    Foto:
    Foto: Euroradio

    Portlash yuz bergan hudud Ukraina bilan chegaradan taxminan 100 kilometr va Belarus bilan chegaradan 90 kilometr uzoqlikda joylashgan .

    Rossiya yana NATOga a’zo davlatlarni qo‘zg‘atmoqda. Ruminiya, Litva va Latviyadagi dronlar bilan bog‘liq voqealardan so‘ng biz yana Rossiya droniga to‘qnash keldik. Bu tinchlik bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgan o‘ziga xos pallada yuz bermoqda, dedi Polsha mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish.

    U holat bo‘yicha nafaqat uning idorasida, balki Ichki ishlar vazirligida ham brifinglar o‘tkazilayotganini aytdi. Voqea tafsilotlari bosh vazir, Tashqi ishlar vazirligi va mamlakat ittifoqchilariga ham ma’lum qilingan.

    Hodisa tafsilotlari

    Portlash mahalliy vaqt bilan taxminan yarim tunda sodir bo‘lgan. Huquq-tartibot idoralariga bu haqda tungi soat ikkidan keyin xabar berishgan. Voqea joyidan yonib ketgan temir va plastmassa bo‘laklari topilgan, ular 8–10 metr atrofida sochilib yotgan.

    Portlash oqibatida hech kim jarohatlanmagan, biroq yaqin atrofdagi binolarning oynalari singan. Polsha qurolli kuchlari vakillari ta’kidlashicha, bu vaqtda mamlakat havo hududi buzilishi qayd etilmagan. Shu bilan birga, agar u past balandlikda uchgan bo‘lsa, dron harbiylar tomonidan aniqlanmagan bo‘lishi mumkin.

    Dronning kelib chiqish versiyalari

    Portlash joyini ko‘zdan kechirish shuni ko‘rsatadiki, ... obyekt, ehtimol, harbiy uchuvchisiz uchoqdir, dedi Lyublin voyevodeligi prokurori Gjegoj Trusevich.

    U dron fuqarolik yoki kontrabanda maqsadida ishlatilish ehtimolini istisno qildi.

    Polshaning PAP davlat axborot agentligi esa Mudofaa vazirligi manbalariga tayangan holda shunday ma’lumot berdi: u harbiy dron bo‘lgan, biroq u jangovar kallak bilan jihozlanmagan, faqat kichik hajmda portlovchi moddani olib yurgan va, ehtimol, hujum vaqtida havo mudofaa tizimlarini chalg‘itish uchun qo‘llangan.

    Rzeczpospolita gazetasi esa manbasini ko‘rsatmasdan, katta ehtimol bilan qulagan obyekt Rossiya armiyasi tomonidan Ukrainadagi urushda qo‘llanilgan Shahed tipidagi dron ekanini yozgan.

    Polsha va qo‘shni mamlakatlardagi avvalgi shunga o‘xshash hodisalar

    • 2022-yil noyabr oyida Polshaning Pshevoduv qishlog‘ida raketa qulab tushdi. Mahalliy OAV va hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, u Rossiya hujumi paytida Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan uchirilgan. Oqibatda ikki nafar mahalliy fuqaro halok bo‘lgan.
    • 2023-yil dekabr va 2024-yil mart — Polsha rasmiylari mamlakat hududi ustidan Rossiya raketalari uchib o‘tganini rasman ma’lum qildi.

    • 2024-yil dekabr oyida Moldova prezidenti Mayya Sandu ham xuddi shunday bayonot bilan chiqdi. Qo‘shni Ruminiya Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiganing Rossiya raketasi ushbu mamlakat havo hududini ham buzgani haqidagi so‘zlarini tasdiqlamadi.

    • 2024-yil sentyabr Latviyada Rossiya droni qulagani haqida xabar berildi.

    • 2025-yil iyul Litva hukumati ikki marta Belarus hududidan uchib kelgan dronlar haqida ma’lum qildi.

    21 avgust, 09:50   Izoh (0)   1987
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Bu o‘yin ikki xalqni birlashtirdi” — Saida Mirziyoyeva Qirg‘izistonda o‘tgan “Zakovat” turniri haqida

    O‘zbekiston | 21 avgust, 20:21

    Qozog‘iston yonilg‘i bozori ustidan nazoratni kuchaytirmoqda

    Dunyo | 21 avgust, 20:17

    Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov taklifiga binoan Turkmanistonga boradi

    O‘zbekiston | 21 avgust, 20:05

    Joli, Adel va Beyonse: ota-onalari bilan gaplashmaydigan mashhurlar

    Kino | 21 avgust, 20:00

    Erdo‘g‘on Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi tinchlik g‘oyalarini amalga oshirishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 21 avgust, 19:51

    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

    Reklama | 21 avgust, 18:00

    Farg‘onada o‘gay aka meros tufayli ukasini pichoqlab qo‘ydi

    O‘zbekiston | 21 avgust, 19:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.