• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda “Sanoat ipotekasi” asosida 170 mln dollarlik 7 ta loyiha ishga tushiriladi

    Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishgacha 400 ga yaqin ishlab chiqaruvchi, quruvchi va loyiha tashkilotlarining fikri o‘rganildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ularning ko‘pchiligi sohadagi byurokratiya va ortiqcha xarajatlar, mahsulotlar tannarxi va sifatiga eʼtiroz bildirgan. Tadbirkorlarga to‘g‘ri sharoit yaratib berilsa, ularning o‘zi shaffof ishlashdan manfaatdor. Tadbirkorlar reytingi joriy qilingandan keyin, 11 mingta quruvchi va ishlab chiqaruvchi quyi o‘rindan yuqori va o‘rta o‘ringa ko‘tarildi. 

    Ulardagi 90 mingta ish o‘rni “soya”dan chiqdi, o‘rtacha oylik 1,4 barobar oshdi. Lekin, sohada “yashirin iqtisodiyot” yuqoriligicha qolayotgani qayd etildi.

    So‘nggi yetti yilda qurilish materiallari sohasiga 9 milliard dollar investitsiya kiritilib, 5 mingga yaqin yangi korxona ishga tushdi, 94 mingta doimiy ish o‘rni yaratildi. Ishlab chiqarish 2 karra o‘sdi, yillik aylanmasi 100 milliard so‘mdan oshgan korxonalar 150 tadan oshdi.  So‘nggi besh yilda qurilishlar hajmi ham 2 baravar ko‘paydi. 

    Shu bilan birga, 650 million dollarlik yangi mahsulotlarni o‘zlashtirish hisobiga qurilishdagi import ulushini 31 foizdan 25 foizga tushirishga erishildi. Qurilish materiallari eksport bozori ham 58 taga yetdi, xorijda 20 dan ortiq savdo omborlari, 50 dan ziyod savdo do‘konlari ochildi. Lekin, salohiyati, mahsulotiga bozorda talab yuqori bo‘lgan ushbu soha uchun bu ko‘rsatkichlar kamligi ko‘rsatib o‘tildi.

    Birgina qo‘shnilarimizning o‘zi bizda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan 2 milliard dollarlik qurilish materiallarini boshqa davlatlardan import qilayapti. Bizda haligacha lak-bo‘yoq, gulqog‘oz, PVXdan quvur va fitinglar, pol qoplamasi, pardozbop tosh, santexnika kabi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan tovarlar import bo‘lmoqda.

    Bazalt xomashyosi qayta ishlanib, qurilishda keng qo‘llanayotgani hisobiga yangi uy-joy va ijtimoiy obyektlarda energiya sarfi 20 foizgacha kamaygani taʼkidlandi. Biroq qurilishda bazaltdan tashqari quyosh nurini qaytaruvchi oyna, fibro tolali panel, vermikulit aralashmasi kabi materiallarni ishlatib, energiya sarfini yana 2 baravar qisqartirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

    Hozir qurilishda talab yuqori bo‘lgan quyoshni qaytaruvchi indiy, alyuminiy yoki rux plyonkasi bilan qoplangan maxsus oynalar ishlab chiqarish haligacha yo‘lga qo‘yilmagan. Bu borada Quvasoydagi “Kvars” korxonasi 20 million dollar investitsiya kiritib, yillik 5 million kvadrat metr bunday oyna ishlab chiqarish tashabbusini bildirmoqda.

    Prezident bu loyihani maʼqullab, mutsaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

    Yana bir misol – binolarning fasad qismida fibro tolali paneldan foydalanib, energiya sarfini yana 10 foizga kamaytirish mumkin. Muhimi, fibro tolali panellar narxi olovga chidamli boshqa fasad qoplamalariga nisbatan 20 foizgacha arzon. Bu mahsulotni ishlab chiqarishda asosiy komponent hisoblangan – sement va boyitilgan qum o‘zimizda yetarli.

    Mutasaddilarga bunday energiya tejamkor zamonaviy qurilish materiallari loyihalarini ko‘paytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. “Sanoat ipotekasi” asosida avtoklav gazobeton, fibrotsement panel, geotekstil, bazalt kabi yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha 170 million dollarlik 7 ta loyihani ishga tushirish topshirildi.

    23.09.2024, 17:28   Izoh (0)   3318
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    2024-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonda yirik korxona va tashkilotlar tomonidan 26 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

    23.08.2024, 17:20

    Botir Zohidov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga tayinlandi

    23.09.2024, 16:24

    O‘zbekistonda so‘nggi yetti yilda qariyb 100 mlrd dollarlik qurilish ishlari bajarilgani aytildi

    23.09.2024, 17:24

    O‘zbekistonda oltin quymalar narxi bir oyda to‘rt marta rekord darajada oshdi

    23.09.2024, 17:09

    Sobiq vazir Behzod Musayev Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktori etib tayinlandi

    23.09.2024, 16:26

    Markaziy bank dollarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi 

    23.09.2024, 16:23
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Superliga. “Paxtakor” “Bunyodkor” bilan, “OKMK” esa “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 14 iyun, 22:18

    Aktrisa Fotima Rejametova o‘zini osib qo‘ygan qo‘shnisi yuzasidan murojaat bilan chiqdi (video)

    O‘zbekiston | 14 iyun, 22:02

    Ombudsman Toshkentdagi hibsxonada ayol uzoq vaqtdan beri saqlanayotganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:50

    50 daqiqalik suhbat: Putin va Tramp Yaqin Sharqdagi keskinlashgan vaziyatni muhokama qildi

    Dunyo | 14 iyun, 21:20

    ChatGPT’dan diniy savollarga javob olish joizmi? Musulmonlar idorasi javob berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:18

    Tailand va Kamboja chegara mojarosini hal qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi

    Dunyo | 14 iyun, 21:10

    Endryu Robertson “Atletiko”ga o‘tishi kutilmoqda

    Sport | 14 iyun, 20:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.