• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent—Samarqand va Toshkent—Andijon pulli yo‘llari qurilishi sanasi belgilandi

    Toshkent—Samarqand pulli magistral avtomobil yo‘llarini qurish ishlari 2024-yilda, Toshkent—Andijon yo‘lini qurish ishlari 2026-yilda boshlanadi. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasida 2024—2030-yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarorida belgilandi. 

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Qarorga ko‘ra, 2024—2026-yillarda ustuvor davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar, 2024—2030-yillarda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar dasturi tasdiqlandi. Bunda, xususan, yirik shaharlar o‘rtasida qulay va tezkor avtomobil qatnovi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadida kamida 1 000 kilometr zamonaviy pulli magistral avtomobil yo‘llarini qurish va modernizatsiya qilish lozimligi belgilandi.

    O‘zbekistondagi ilk pulli yo‘llarning qurilishi haqida 2018-yilda xabar berilgandi. O‘shanda bu kabi yo‘llarning birinchisini qurish bilan Germaniya kompaniyasi shug‘ullanishi mumkinligi aytilgandi. 2019-yilda O‘zbekistondagi ilk pulli trassani qurish uchun joy tanlandi. 

    2022-yil oktyabrda Toshkent—Andijon va Toshkent—Samarqand pulli avtomobil yo‘llari 2026-yilgacha qurib bitkazilishi aytilgan edi. Avgust oyida transport vaziri o‘rinbosari Ilhom Abdugafarov Jahon banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki loyiha koordinatorlari pulli yo‘llarni qurish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish masalasini muhokama qilgandi. 

    2023-yilning dekabrida Toshkent—Samarqand pulli avtomobil yo‘lini qurish loyihasi ishlab chiqildi. Loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy hujjatini ishlab chiqish uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 350 ming dollar miqdorida grant mablag‘lari ajratilgan.

    Loyiha xalqaro standartlarga javob beradigan 305 kilometr uzunlikdagi avtomobil yo‘li 6 tasmali avtomagistral talablari asosida quriladi. Shuningdek, hamma tutashma va inshootlar ustidan yangi ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar qurish hamda intellektual transport tizimini o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

    Toshkent—Andijon pulli yo‘li Toshkent va boshqa hududlarni Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lashga yordam beradi. Loyihaning umumiy uzunligi 314 kilometr bo‘lib, uning qiymati 4,65 milliard dollarni tashkil qiladi.

    04.09.2024, 10:35   Izoh (0)   23688
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistondagi ilk pulli yo‘llar qurilishini Germaniyaning GP Günter Papenburg kompaniyasiga topshirishmoqchi

    31.07.2018, 14:40

    O‘zbekistondagi ilk pulli avtomobil yo‘llari qachon qurib bitkazilishi ma’lum qilindi

    24.10.2022, 18:38

    Toshkentdan Andijon va Samarqand yo‘nalishlarida pulli yo‘llar quriladi

    19.10.2023, 12:59

    Toshkent—Andijon pulli yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi

    04.05.2024, 09:15

    Ozarbayjon kompaniyasi Surxondaryoda pulli yo‘l qurishi mumkin

    04.07.2024, 22:45

    “Kibermakonda xavf-xatar va tahdidlar kuchayib bormoqda”. Shavkat Mirziyoyev Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro konferensiya ishtirokchila...

    04.09.2024, 10:25
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda daraxt bosib qolgan fuqaro vafot etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 23:21

    Superliga. “Buxoro” mehmonda “So‘g‘diyona” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 24 may, 23:08

    Toshkent va Andijondagi oshxona hamda xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 24 may, 22:40

    Namangan hokimi 100 yilligi nishonlanayotgan maktabdagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 22:00

    Quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanishda tez-tez uchraydigan xatolik aniqlandi

    Layfstayl | 24 may, 21:40

    Samarqand 2025-yili Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi

    O‘zbekiston | 24 may, 21:25

    Superliga. “Neftchi” o‘z maydonida bir kishi kam bo‘lib qolgan “Sho‘rtan”ni tor-mor etdi

    Sport | 24 may, 21:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.