• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12466.44
    • RUB155.42
    • EUR14517.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Eron sanksiyalar sharoitida neft sotishning yangi usulini o‘ylab topdi

    2019-yilda eronlik yuristlar va hisobchilar tomonidan tanker floti yaratilgan bo‘lib, bu orqali Xitoy sanksiya ostidagi mamlakatlar — Eron, Venesuela, shuningdek, 2022-yil kuzidan beri Rossiyadan ham neft tashiydi. Bu haqda Britaniyaning Financial Times gazetasi AQSHning nodavlat tashkiloti C4ADS bilan hamkorlikda surishtiruv e’lon qildi.

    Nashrning taxminicha, flot qandaydir xitoylik benefitsiarga tegishli. Ammo aniq kimligi noma’lum: u Xitoydagi ko‘plab nomigagina mavjud kompaniyalar, Panama va Virjiniya orollaridagi offshor firmalar, shuningdek, Shveysariyadagi moliyaviy va yuridik vositachilar tarmog‘i orqali yashirilgan.

    Qayd etilishicha, flot tarkibida 30 dan ortiq kema mavjud. Ularning ayrimlari faqat bir martagina reys qilgan, boshqalari esa muntazam ishlatiladi. Flotning umumiy qiymati bir milliard dollardan oshadi. U tashigan neftning umumiy qiymati esa 9,6 milliard dollarga teng. Neftning yarmi Eron, chorak qismi Rossiya va 20 foizi Venesuelaga to‘g‘ri keladi. Deyarli barcha neft oxir-oqibat Xitoyga yetib kelgan.

    Foto: DW
    Foto: DW

    Ba’zi kemalar va nominal egalar (ya’ni nomiga mavjud kompaniyalar va ularning rahbarlari) AQSH tomonidan ikkilamchi sanksiyalarga uchragan. Bunga sabab — Eron, Venesuela va Rossiyaga qarshi qo‘yilgan cheklovlarni chetlab o‘tib, neft savdosini amalga oshirganlari.

    AQSH ilgari ham Rossiya neftini sotib olmagan, shuning uchun Vashingtonning Rossiyaga qarshi asosiy bosim vositasi aynan ikkilamchi sanksiyalar hisoblanadi: kimki amerikaliklar bilan biznes qilishni va dollarda hisob-kitob yuritishni istasa, Rossiyaga qarshi sanksiyalarga rioya qilishi kerak.

    Rasmiy Pekin esa AQSH sanksiyalarini tan olmasligini va ularni bir tomonlama hamda noqonuniy deb hisoblashini bildiradi. Xitoy tashqi ishlar vazirligi bu pozitsiyani yana bir bor tasdiqladi.

    Jurnalistlar tankerlarning “rasmiy” egalari sifatida ko‘rsatilgan xitoylik kompaniyalar bilan bog‘lanishga uringanida, ko‘rsatilgan manzillar yo‘q yoki soxta shaxslarga tegishli ekanini aniqlashgan.

    Financial Times surishtiruvidagi eng muhim xulosa shundan iboratki, Eron nafaqat neftni, balki sanksiyalarni chetlab o‘tish usullarini ham eksport qilmoqda. Rossiya uning dastlabki “xaridorlari”dan biriga aylangan.

    Rossiyaning o‘zida ham yashirin flot mavjud bo‘lib, jami mingdan ortiq kemani o‘z ichiga oladi. Bu kemalar muntazam ravishda ushlab qolinyapti va sanksiya ro‘yxatlariga kiritilyapti. 2024-yilning birinchi yarmidagi hisob-kitoblarga ko‘ra, Rossiya neft eksportining qariyb 45 foizi yashirin flot orqali tashilgan.

    20 avgust, 21:15   Izoh (0)   5415
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Bu o‘yin ikki xalqni birlashtirdi” — Saida Mirziyoyeva Qirg‘izistonda o‘tgan “Zakovat” turniri haqida

    O‘zbekiston | 21 avgust, 20:21

    Qozog‘iston yonilg‘i bozori ustidan nazoratni kuchaytirmoqda

    Dunyo | 21 avgust, 20:17

    Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov taklifiga binoan Turkmanistonga boradi

    O‘zbekiston | 21 avgust, 20:05

    Joli, Adel va Beyonse: ota-onalari bilan gaplashmaydigan mashhurlar

    Kino | 21 avgust, 20:00

    Erdo‘g‘on Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi tinchlik g‘oyalarini amalga oshirishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 21 avgust, 19:51

    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

    Reklama | 21 avgust, 18:00

    Farg‘onada o‘gay aka meros tufayli ukasini pichoqlab qo‘ydi

    O‘zbekiston | 21 avgust, 19:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.