• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Bir urushdan boshqasiga: G‘azodagi falastinliklar Janubiy Sudanga ko‘chirilishi mumkin

    Isroil G‘azo sektoridagi falastinliklarni Janubiy Sudanga ko‘chirish masalasida mazkur mamlakat bilan muzokaralar olib bormoqda. Sudan hukumati bu taklifni qabul qilishga tayyor emas. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

    Foto: Al Jazeera
    Foto: Al Jazeera

    Ma’lum qilinishicha, Associated Press nashrining 6 ta manbaasi ushbu muzokaralarda ishtirok etmoqda. Hozircha kelishuv qanday bosqichdaligi noma’lum. Agar bu reja amalga oshsa, falastinliklar bir urush va ochlik xavfi ostidagi hududdan boshqa bir inqirozli mamlakatga ko‘chiriladi.

    Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu AQSH prezidenti Donald Tramp ilgari surayotgan “falastinliklarning ko‘chirilishi” rejasini amalga oshirayotganini bildirmoqda. U bu jarayonni “ixtiyoriy migratsiya” deb baholamoqda. Aytilishicha, yahudiy davlati boshqa Afrika davlatlari bilan ham shunday ko‘chirish rejalarini muhokama qilgan.

    “Men bilgan urush qonunlariga ko‘ra, aholining ketishiga ruxsat berish to‘g‘ri ish bo‘ladi. Keyin esa u yerda qolgan dushmanga qarshi bor kuch bilan kurashsa bo‘ladi”, dedi Netanyaxu Janubiy Sudanga ishora qilmay.

    Ayni paytda, Janubiy Sudan tashqi ishlar vazirligi bu xabarlarni qat’iyan rad etmoqda. Rasmiy bayonotda bildirilishicha, bu “iddaolar asossiz bo‘lib, hukumatning rasmiy pozitsiyasini aks ettirmaydi”.

    Ba’zi isroillik siyosatchilar falastinliklarni majburan G‘azodan chiqarish taklifini ilgari surgan, huquq himoyachilari esa buni xalqaro huquqni buzuvchi “etnik tozalash” sifatida baholamoqda. Tanqidchilar bu reja falastinliklarni G‘azoga qaytish huquqidan mahrum qilib, Isroilga hududni egallash va yahudiy aholi punktlarini tiklash imkonini berishidan xavotirda. Associated Press ma’lumotlariga ko‘ra esa, Janubiy Sudan Isroil bilan muzokaralar evaziga AQSHdan ayrim sanksiyalarni bekor qilish va safar taqiqini olib tashlashni xohlamoqda.

    Ma’lumot uchun, Janubiy Sudan 2011-yilda mustaqillikka erishgan va o‘sha vaqtdan beri mamlakatda fuqarolar urushi davom etib keladi. Bu mojarolarda qariyb 400 ming nafar odam halok bo‘lib, mamlakatning ayrim hududlari ocharchilikdan aziyat chekmoqda. Hozir ham ichki qurolli guruhlar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berib turadi. Mamlakatdagi jamiyat faollari Sudan “odamlar uchun chiqindixonaga aylanmasligi” va “geosiyosiy bitimlarda savdolashish vositasiga aylantirilmasligi” kerakligini ta’kidlamoqda.

    14 avgust, 10:21   Izoh (0)   955
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #G‘azo#falastinliklar#Sudan#Isroil#ko‘chirish#Netanyaxu

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yovuz qahramonlarni mahorat bilan gavdalantiradigan Gollivud aktyorlari (foto)

    Kino | 15 avgust, 16:45

    Ukraina qurol-yarog‘ ortilgan Rossiya kemasiga hujum qildi

    Dunyo | 15 avgust, 16:30

    O‘zbekistonda dollar kursi bir kunlik ko‘tarilishdan so‘ng yana tushdi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 16:13

    UFC prezidenti Oq uyda o‘tadigan musobaqada qaysi sportchilar jang qilishi mumkinligini ochiqladi

    Sport | 15 avgust, 16:08

    “Bu O‘zbekistonsiz amalga oshmagan bo‘lardi”. Germaniya fuqarolarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilishdagi yordam uchun minnatdorlik bildirdi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 16:06

    Taksi haydovchisi yo‘lovchiga, mast erkak esa tanishiga shilqimlik qilgani uchun qamaldi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 15:56
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.