Eronning “Istiqlol” futbol klubi himoyachisi Ramin Rezayan 14-turda “Chadormalu” jamoasiga qarshi o‘yindan avval ayolni quchoqlagani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda “Tarafdori” nashri xabar bermoqda.
Muxlisa mehmon jamoa avtobusiga yaqinlashib, Rezayan bilan quchoqlashgan. Ushbu voqeadan so‘ng futbolchi Eron chempionati etika qo‘mitasiga chaqirilgan va unga 12 ming dollar (510 million riyol) jarima belgilangan.
Ma’lumki, Eron qonunlariga ko‘ra, erkak va ayol o‘rtasida omma oldida teginish taqiqlangan. Bunday xatti-harakatlar faqat erkak va ayol bir-birlariga qarindosh bo‘lgan taqdirda ruxsat etiladi.
Ma’lumot uchun, futbolchi Eron terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. U 2015-yildan beri milliy jamoa safida 63 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.
Izoh (0)