UZTELECOM 10 Gbit/s gacha tezlikda uy Internet tarmog‘ini ishga tushirganini va O‘zbekiston aholi yashash maskanlarining 96 foizini optik tolali Internet bilan qamrab olganini e’lon qildi. Bu nafaqat texnologik yutuq, balki O‘zbekistonning raqamli rivojlanishida muhim bosqich bo‘lib, telekommunikatsiya infratuzilmasining bosqichma-bosqich modernizatsiyasi va davlatning raqamlashtirish siyosatining natijasidir.
Optik tolali Internet – mamlakatning har bir nuqtasida
So‘nggi yillarda olib borilgan keng ko‘lamli ishlar tufayli O‘zbekiston bo‘ylab xonadonlarning 96 foiziga optik tolali Internetga ulanish texnik imkoniyati yaratildi. Bugungi kunda zamonaviy FTTX/GPON tarmoqlari nafaqat yirik shaharlarda, balki eng olis hududlar – Toshkentdan Nukusgacha yetib bormoqda. Optik tolali aloqa tarmoqlari umumiy uzunligi 290 000 km dan oshdi, bu esa butun mamlakat bo‘ylab raqamli tenglikning poydevoriga aylandi.
10 Gbit/s tezlik – kelajak sari ishonchli qadam
Uy Interneti segmentida 10G tarmog‘ining ishga tushirilishi UZTELECOM tarmog‘ining chuqur transformatsiyasi, ilg‘or uskuna va texnologiyalarning joriy etilishi, shuningdek, infratuzilmaning yuqori yuklamalarga tayyorligi evaziga amalga oshdi. Endilikda Toshkent shahri aholisi yangi 10G tarifidan foydalanishlari mumkin. Bu esa tubdan yangi imkoniyatlarni ochadi: katta fayllarni bir zumda yuklab olish, 8K sifatida video translatsiya, “aqlli uy”lar, virtual haqiqat xizmatlari va bulutli biznes-platformalarni qo‘llab-quvvatlash.
UZTELECOM 10 Gbit/s qamrov zonasini bosqichma-bosqich kengaytirishni rejalashtirmoqda
UZTELECOM o‘z faoliyati davomida O‘zbekistonning raqamli innovatsiyalar sohasidagi ishonchli yetakchisi bo‘lib qolmoqda. Kompaniya millionlab mijozlarga xizmat ko‘rsatadi, yuqori tezlikdagi Internet, raqamli televideniye va IP-telefoniya xizmatlarini taqdim etadi hamda mamlakatning raqamli iqtisodiyoti va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirishda faol ishtirok etadi.
Ultra tezkor Internetga o‘tish – bu nafaqat har bir foydalanuvchi uchun qulaylik va farovonlik, balki biznes, ta’lim, tibbiyot, elektron davlat xizmatlari va butun IT-ekotizimni rivojlantirish uchun muhim turtkidir.
Ulanish juda oson
10G xizmati hozirda Toshkentning bir qator hududlarida mavjud. Ulanish uchun arizani quyidagi havola orqali topshirish mumkin:
1090 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki eng yaqin UZTELECOM sotuv ofisiga tashrif buyuring.
UZTELECOM – doimo Sizga yaqin bo‘lgan operator!
“Ertangi kun talablariga javob beradigan infratuzilma – bugun mavjud”.
UZTELECOM ijtimoiy tarmoqlari: utc.uz/scl
MyUZTELECOM mobil ilovasi: AppStore / GooglePlay
Bot: utc_uzbot
Sayt: uztelecom.uz
Texnik qo‘llab-quvvatlash: utc.uz
Call-markaz: 1099
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)