Jizzax viloyati hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 Toshkent—Termiz avtomobil yo‘lining 1000-kilometrida 30-yanvar kuni soat 13:30 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, yo‘lovchi tashuvchi avtobus hamda yo‘llarni tozalash uchun mo‘ljallangan maxsus transport vositasi to‘qnashgan.
Samarqanddan Toshkent tomon harakatlanayotgan yo‘lovchi tashuvchi avtobus o‘zidan oldinda ketayotgan, yo‘llarni tozalovchi maxsus transport vositasining orqasiga urilgan.
Hodisa oqibatida haydovchilar va avtobus yo‘lovchilariga jiddiy jarohat yetmagan. Uch nafar fuqaroga esa birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Yo‘llarda sodir bo‘layotgan YTHlar
5-dekabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlarida 1,5 soat ichida YTHlar sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, 6-dekabr kuni Yunusobod va Yashnobod tumanlarida YTHlar sodir bo‘lgandi.
3-noyabr tunda poytaxtning uchta tumanida YTH sodir bo‘ldi. Sergelida Spark va Matiz to‘qnashdi, Yunusobodda Lacetti yo‘l chetidagi beton ustunga borib urildi, Mirzo Ulug‘bek tumanida Lacetti va BMW to‘qnashdi.
11-noyabr kuni Mirobod tumanidagi “Sanʼat muzeyi” qarshisida Lacetti King Long avtobusi orqasiga borib urildi. 16-noyabrda Yakkasaroy tumani Malibu yo‘l chetidagi temir ustunga urildi va haydovchisi va yo‘lovchisi jarohat oldi.
17-noyabr kuni Yunusobod tumanida Toyota, Malibu-2 va Cobalt avtomashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. 24-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida Spark va Epica to‘qnashib, yonib ketdi. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.
Mirzo Ulug‘bek tumanida 28-noyabr kuni soat 16:10 larda 5 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.
Avvalroq O‘zbekistonda avtomobilni takroran mast holda boshqarganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanayotgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)