• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Nomaqbul bayonot beradigan chet ellik fuqarolarning O‘zbekistonga kirishi taqiqlanadi

    Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi va qonunchilik tashabbusi huquqi asosida quyi palataga kiritildi. Bu haqda palata matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Maʼlum qilinishicha, qonun loyihasi hozirgi globallashuv sharoitida O‘zbekiston suvereniteti va hududiy yaxlitligini muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilash zaruratidan kelib chiqadi.

    Xususan, loyiha bilan Qozog‘iston, Ozarbayjon, Rossiya Federatsiyasi, Polsha, Belarus, XXR kabi davlatlarning ilg‘or tajribasidan kelib chiqib, quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:

    Birinchidan, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi nomaqbul deb topish asoslari va tartibi belgilanmoqda.

    Mazkur shaxslar tomonidan quyidagi mazmundagi ommaviy chiqishlar qilish yoxud harakatlar sodir etish ularni O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul deb topish uchun asos bo‘ladi:

    • O‘zbekistonning davlat suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga va xavfsizligiga zid bo‘lgan;
    • davlatlararo, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni keltirib chiqaruvchi;
    • O‘zbekiston xalqining shaʼnini, qadr-qimmatini yoki tarixini tahqirlovchi.

    Ikkinchidan, mamlakatda bo‘lishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga besh yil davomida quyidagilar taqiqlanadi: O‘zbekistonga kirish, banklarda hisobvaraq ochish, ko‘chmas mulk sotib olish, davlat mulkini xususiylashtirishda ishtirok etish, moliyaviy va shartnomaviy munosabatlarga kirishish.

    Uchinchidan, O‘zbekistonda vaqtincha turgan yoki doimiy yashaydigan chet el fuqarosi yoki vaqtincha turgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning mamlakatda bo‘lishi nomaqbul deb topilishi uning O‘zbekiston hududida qonuniy asoslarda yashash va bo‘lish huquqini bekor qilishga hamda mazkur shaxs deportatsiya qilishga sabab bo‘ladi.

    To‘rtinchidan, qonun loyihasida mamlakatda bo‘lishi nomaqbul deb topilgan shaxslarni deportatsiya qilish asoslari va tartibi nazarda tutilgan.

    Xususan, shaxs mamlakatda bo‘lishi nomaqbul deb topilganligi to‘g‘risida Tashqi ishlar vazirligi xabarnomasini olgan kundan eʼtiboran 10 kun ichida ixtiyoriy ravishda O‘zbekistondan chiqib ketishi kerak, agar ushbu muddat ichida ixtiyoriy ravishda chiqib ketmasa, mazkur shaxs ichki ishlar organlari va boshqa vakolatli organlar tomonidan deportatsiya qilinadi, yaʼni majburiy tarzda chiqarib yuboriladi.

    Qonun loyihasi O‘zbekistonning davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va xavfsizligini mustahkamlashga, yurtimizda davlatlararo, millatlararo, dinlararo ahillik, totuvlikni himoya qilishga hamda O‘zbekiston xalqining shaʼni, qadr-qimmati va tarixi hurmat qilinishini taʼminlashga qaratilgan.

    12.06.2024, 17:35   Izoh (0)   4767
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda chet elliklar bilan ishlash borasidagi ayrim vakolatlar DXX Chegara qo‘shinlariga berilmoqda

    05.04.2023, 14:50

    Pokistonning Panjob viloyatida “Barbi” filmi premyerasi “nomaqbul kontent” tufayli qoldirildi 

    27.07.2023, 16:52

    Borrel G‘azo sektorining Isroil nazoratiga o‘tishini nomaqbul deb atadi

    21.11.2023, 21:05

    “Bunaqalarga rasmiy javob berish shart”, “Sovetparast chet elliklar ro‘yxati shakllantirilishi kerak”: Jamoatchilik Zaxar Prilepinga javob qaytardi

    21.12.2023, 18:41

    Yevropa parlamenti sunʼiy intellektdan nomaqbul foydalanishni taqiqlovchi dunyodagi birinchi qonunni maʼqulladi

    13.03.2024, 22:55

    Ispaniya ko‘chmas mulk sotib olgan chet elliklarga “oltin viza” berishni bekor qiladi

    08.04.2024, 20:30
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Chelsi” Nikolas Jeksonni “Barselona”ga taklif qildi

    Sport | 1 avgust, 19:50

    Toshkent viloyatida xalqaro aeroport quriladi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 19:45

    Andijonda alimentdan qochib yurgan erkakni ushlash uchun “romantik uchrashuv” uyushtirildi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 19:42

    Germaniya G‘azo aholisiga yordam sifatida qo‘shimcha 5 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 1 avgust, 19:30

    Bayden Tramp davrida AQSHni qora kunlar kutayotganini aytdi

    Dunyo | 1 avgust, 19:15

    Pokistonda sobiq bosh vazirning 200 ga yaqin tarafdori qamoq jazosiga hukm qilindi

    Dunyo | 1 avgust, 19:00

    Rossiya har yili mingdan ortiq “Iskander” va “Kinjal” raketalarini ishlab chiqarmoqda — Ukraina razvedkasi

    Dunyo | 1 avgust, 18:50

    Prezident temiryo‘lchilarni kasb bayrami bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 18:40

    “Chelsi”da katta “tozalash”: klub 15 nafar futbolchiga chiqish eshigini ko‘rsatdi

    Sport | 1 avgust, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.