Vashington maʼmuriyati 1-iyul, dushanba kuni Ukrainaga yana 150 million dollarlik harbiy yordam paketi ajratilishini eʼlon qilmoqchi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, paketga, xususan, 155 millimetrli artilleriya snaryadlari va HAWK zenit-raketa tizimlari uchun o‘q-dorilar kiradi. Bu va boshqa qurollar Pentagon omborlaridan Kiyevga yetkaziladi.
AQSH hukumati 24-iyun kuni Ukraina uchun 150 million dollar qiymatidagi yangi harbiy yordam paketini tasdiqlagandi.
Yangi paket, asosan, hujum qurollarini o‘z ichiga olib, Ukraina tomonidan so‘ralgan vositalarni qamrab olgan. Unda HIMARS yuqori harakatchanlikdagi artilleriya raketalari, zirhga qarshi qurollar, kichik qurollar va granatalar, shuningdek, 155 va 105 millimetrli artilleriya snaryadlari borligi qayd etilgan.
Izoh (0)