Bryussel mamlakatdagi iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Qohiraga 1 milliard yevro ajratadi.
Bu haqda Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen Qohirada “Misr-Yevroittifoq” sarmoyaviy forumining ochilish marosimida aytib o‘tdi.
“Mart oyida biz Misr bilan 7,4 milliard yevro miqdoridagi yordam shartnomasini imzoladik va bugun biz mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qohiraga va’da qilingan mablag‘ning birinchi milliardini ajratmoqdamiz”, — dedi fon der Lyayen.
Avvalroq Saudiya Arabistonidagi haj mavsumi paytida 300 nafardan oshiq misrliklar halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Ular haddan ziyod jazirama issiqdan vafot etgan.
Izoh (0)