• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12674.37
    • RUB161.23
    • EUR14470.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev umumiy aktivlari qiymati 200 mlrd dollardan ortiq bo‘lgan Vengriyaning yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi

    Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Budapeshtga rasmiy tashrifi Vengriyaning yirik kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuvdan boshlandi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ma’lum qilinishicha, Vengriya tomonidan OTP Bank, BDPST Group, 4iG, Indotek, MVM, Duna Group, MOL Group, H2O Consortium, Inpark, Wizz Air va boshqa ko‘plab kompaniyalarning top-menejerlari va ta’sischilari ishtirok etdi.

    Davlat rahbari o‘z nutqida rasmiy tashrif Vengriya ishbilarmonlari bilan uchrashuvdan boshlanayotgani ramziy ma’noga ega ekanini ta’kidladi. Vengriyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari o‘sib borayotgani qayd etildi. Masalan, OTP Bank O‘zbekistonning yirik banklaridan birini sotib olib, O‘zbekiston moliya bozorida barqaror o‘rin egalladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Kompaniyaning avtokreditlashni rivojlantirish uchun qo‘shma kompaniya tashkil etish, biznesni moliyalashtirish dasturini yo‘lga qo‘yish, yirik parrandachilik klasterini qurish bo‘yicha yangi rejalari qo‘llab-quvvatlandi.

    Sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va ilg‘or texnologiyalar transferini rag‘batlantirish maqsadida Toshkent viloyatida Yevropa kompaniyalari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilmoqda. Ushbu hududni boshqarish Vengriyaning Inpark operatoriga beriladi.

    Iqtisodiy sheriklikni kengaytirish maqsadida O‘zbekiston prezidenti qator ustuvor yo‘nalishlarni ko‘rsatib o‘tdi. Qo‘shma loyihalarni birgalikda moliyalashtirish va tayyor mahsulotlarni uchinchi mamlakatlarning istiqbolli bozorlariga eksport qilishni qo‘llab-quvvatlash shular jumlasidan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish, xususan, yuk tashishni ko‘paytirish va ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi. Davlat rahbari Vengriya kompaniyalarining qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqishini yuksak baholadi. O‘z navbatida, biznes vakillari hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha taklif va rejalarini bildirdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Uchrashuvda transport va yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish, logistika markazlari va kommunal tarmoqlarni barpo etish, qurilish materiallari, tayyor to‘qimachilik, kimyo, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish kabi yo‘nalishlarda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

    So‘zining yakunida Shavkat Mirziyoyev bunday uchrashuvlarni muntazam o‘tkazib borishni taklif etdi.

    “Biz mamlakatlarimiz ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi mustahkam aloqalarni rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratamiz”, dedi prezident.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Tadbir yakunida O‘zbekiston prezidenti huzurida ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha bitimlar almashish marosimi bo‘ldi.

    Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga tashrifi

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Shavkat Mirziyoyev Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan 2025-yil 19-may kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga rafiqasi bilan birga yetib bordi. Samolyot oldida O‘zbekiston yetakchisini Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

    Tashrif doirasida Budapesht shahrida oliy darajadagi muzokaralar, Vengriyaning rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Kun tartibidan mamlakatlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlik va strategik sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.

    O‘zbekiston yetakchisi 21-may kuni Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitida ham ishtirok etadi.

    Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga undan avvalgi davlat tashrifi 2022-yil 3–4-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgan. Bu tashrif davomida davlat rahbari Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan. Tashrif yakunida O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida strategik sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan 15 ta hujjat imzolangan. 2023-yil avgustida esa ushbu davlatga amaliy tashrif bilan borgandi. Unda Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazib, O‘zbekiston bilan Vengriya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.Yetakchilar Budapesht shahrida yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatining erkaklar o‘rtasida 100 metr masofaga yugurish bo‘yicha final bahsini tomosha qildi.

    20 may, 15:50   Izoh (0)   1402
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan tor doirada muzokara o‘tkazdi (foto)

    04.10.2022, 22:24

    Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga tashrifi davomida 15 ta hujjat imzolandi

    05.10.2022, 07:36

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Vengriyaga jo‘nab ketdi 

    19.08.2023, 13:54

    Toshkent viloyatida Vengriya va Yevropa kompaniyalarining loyihalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi

    07.05.2024, 17:50

    Shavkat Mirziyoyev 19-22-may kunlari rasmiy tashrif bilan Vengriya va Sloveniyada bo‘ladi

    16 may, 19:40

    Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga jo‘nab ketdi

    19 may, 17:36

    Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Budapeshtga yetib bordi (foto)

    20 may, 00:04
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Vahshiylikning eng yuqori cho‘qqisi — Isroil askarlari falastinlik 6 yoshli qizcha va uning qarindoshlarini qanday o‘ldirgan edi?

    10 iyun, 19:40

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston prezidenti tashrif buyurgan O‘zbekiston-Qatar bahsidan fotogalereya

    O‘zbekiston | 11 iyun, 00:33

    Toshkent xalqaro aeroportida qariyb 1 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirmoqchi bo‘lganlar to‘xtatildi

    O‘zbekiston | 10 iyun, 23:55

    BMT hisoboti: Tug‘ilishning pasayishi yashash darajasi oshishi va kelajak tashvishi bilan bog‘liq

    Dunyo | 10 iyun, 23:45

    Odam savdosi uchun qidirilayotgan o‘zbekistonlik ayol Istanbuldan Toshkentga ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 10 iyun, 23:35

    Buxoroda ota maktabga kelib, o‘g‘lining sinfdoshlarini ayovsiz kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 10 iyun, 23:25

    “Rossiyaning tegishli idoralarini O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishga chaqirib qolamiz” — TIV

    O‘zbekiston | 10 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 10-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 10 iyun, 23:05

    Britaniya qirollik oilasida hanuzgacha amal qiladigan 9 g‘ayrioddiy taqiq

    Layfstayl | 10 iyun, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.