2025-yil 1-maydan mijozlarning sodiqligini oshirish va O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida naqdsiz to‘lovlarni rag‘batlantirishga qaratilgan “Cashback 2.0 – Shopping Mania” yangi aksiyasi boshlandi.
2025-yilning 1-mayidan 31-iyuligacha Tenge Bank Mastercard kartalari egalari chet elda, shu jumladan chakana savdo nuqtalarida va xalqaro marketpleyslarda amalga oshirgan xaridlarining 5 % gacha bo’lgan miqdorini qaytarish taklifidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Tashabbus muayyan MCC-kodiga ega kiyim-kechak, poyabzal va aksessuarlar do‘konlarining to‘lov terminallari orqali amalga oshiriladigan tranzaksiyalarga nisbatan qo‘llaniladi.
Aksiyaning asosiy shartlari:
- Bir kalendar oy ichida birinchi 10 ta muvaffaqiyatli operatsiyalar hisobga olinadi.
- Keshbek hisoblanishi uchun bitta tranzaksiyaning minimal miqdori 10 AQSh dollarini (yoki ekvivalentini) tashkil etishi kerak.
- Bir kalendar oy ichida 1 ta bank kartasiga hisoblanadigan keshbekning maksimal miqdori 650 000 so‘mni tashkil etadi.
Aksiyada ishtirok etish uchun siz Tenge Bank tomonidan chiqarilgan Mastercard kartasiga ega bo‘lishingiz kerak. Ushbu kartaga ega bo‘lmagan mijozlar uni eng qisqa vaqt ichida Tenge24 mobil ilovasi orqali rasmiylashtirishlari va eng yaqin Tenge Bank kartomatidan olishlari mumkin.
“Cashback 2.0 – Shopping Mania” aksiyasi chet elga sayohat qiladigan yoki xalqaro marketpleyslarda onlayn xaridlarni amalga oshiradigan mijozlar uchun o‘z xarajatlarini optimallashtirish va qo‘shimcha imtiyozlar olish imkonini beruvchi ajoyib taklifdir.
⸻ ⸻ ⸻ ⸻ ⸻
Tenge Bank zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalangan holda barcha toifadagi korporativ va chakana mijozlarga moliyaviy xizmatlar ko'rsatadigan universal bankdir. Bank Qozog‘iston Xalq Bankining (Halyk Bank) sho‘ba korxonasi hisoblanadi.
Halyk Bank Qozog‘istondagi eng yirik tizimni tashkil etuvchi banklardan biri bo‘lib, Halyk Group tarkibiga kiradi va Markaziy Osiyodagi yetakchi moliya institutlaridan biri, keng mijozlar bazasi va mavjudlik tarmog‘iga ega.
Halyk Group chakana va korporativ mijozlarga, kichik va o‘rta biznesga bank xizmatlarining to‘liq spektrini taklif etadi. Halyk Group Gruziya va O‘zbekistonda ham faoliyat yuritadi.
E-mail: info@tengebank.uz
Sahifa: www.tengebank.uz
Facebook: fb.com/tengebank.uz
Instagram: @tengebankuz
Telegram: t.me/Tengebankuz
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)