• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12892.91
    • RUB160.34
    • EUR14512.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes

    Oq otdagi shahzodasini kutayotgan o‘zbek shou-biznesi vakillari

    O‘zbek shou-biznesi vakillari ichida hali turmushga chiqmagan san’atkor qizlar soni oz emas. Quyida oq otdagi shahzodasini kutayotgan xonanda, aktrisa va blogerlar bilan tanishamiz.

    Manzura Yo‘ldosheva 47 yosh

    Foto: Instagram

    Manzura va yosh aktyorning sevgi qissasi ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalyapti. Bir necha oydan buyon Manzura o‘zidan 20 yosh kichik aktyor Murod Yo‘ldoshev bilan birga ko‘rinish bergan videolarida to‘y mavzusi ko‘tarilgan. Manzuraning “To‘y harakatidamiz” degan hazil aralash videolaridan so‘ng Murod Manzuraning qo‘lini so‘ragani aks etgan videolar ham Instagram sahifalariga joylashtirildi.

    Videoda qo‘lida gul bilan turgan Murod Yo‘ldoshevni Manzura urishib bergan va “Nima qilganingiz bu, onangiz tengi ayol bo‘lsam?” deya aktyorni hovuzga itarib yuborgan. Shundan so‘ng aktyor undan uzr so‘rash maqsadida Manzuraning uyi oldida romantik kecha uyushtirib, “Azizim” qo‘shig‘ini kuylab berib, sevgilisidan kechirishini so‘radi.

    Hozirda ularning munosabatlari davom etmoqda, ammo bu shunchaki piar bo‘lishi ehtimoli ham oz emas.

    Iroda Nosirova 43 yosh

    Foto: Skrinshot

    Teleboshlovchi va aktrisa Iroda Nosirova ham hali o‘z baxtini uchratmagan aktrisalardan. U bolaligidan kech turmushga chiqish xayoli bilan yashaganini aytadi.

    — Menga nega haligacha turmushga chiqmagansiz degan savolni juda ko‘p berishadi. Bizda, o‘zbeklarda, qiz bola voyaga yetgandan keyin darrov uzatib yuborishadi. 25 ga chiqqandan so‘ng qari qiz deyishadi. Menda yoshligimdan kech turmushga chiqaman, degan xayol bo‘lgan. Negaligini o‘zim ham bilmayman — shunchaki shunday fikr bo‘lardi. Voyaga yetib dugonalar turmush qurgach, ularning hayoti, turmushi qanday kechayotganini ko‘rasiz, bilasiz. Shularni ko‘rganimdan keyin turmushga chiqish menda keyingi rejalarga o‘tib qolgan. Turmush qurishdan qo‘rqib qolganman, deydi aktrisa.

    Oydin Yusupova 41 yosh

    Foto: Instagram

    Kinoda bir vaqtlar mashhurlikka erishib, keyin ijodi sokinlashgan aktrisa Oydin Yusupova ham turmushga chiqmagan aktrisalardan.

    Oydin va shoir Ahad Qayum haqidagi gap-so‘zlar odamlar orasida ovoza bo‘lgandi. Ahad Qayum aktrisa bilan iliq munosabatda ekanligini bildirsa, Oydin uning so‘zlarini inkor etardi. Hatto aktrisa Ahad Qayum undan piar uchun foydalangani va nomini bulg‘agani haqida aytib o‘tgandi.

    Mahfuza Sherboyeva 37 yosh

    Foto: Instagram

    O‘zbek sanʼatidagi birinchi ayol qiziqchi yolg‘izlikni his qilishi haqida ko‘p gapiradi.

    — Karyera deb oiladan voz kechdim. Ammo o‘ylab qarasam, uchrashuvlarga chiqib yurgan qiz ham emasman. Balki, hammasi niyatga bog‘liqdir. Chunki oldindan avval sanʼatda o‘z o‘rnimni topaman, tarixda qolib, keyin oila quraman deb niyat qilardim. Do‘st-dugonalarim ko‘p, ammo baribir ular oilaning o‘rnini bosolmas ekan. Karantin paytida Toshkentda qoldim. Aksiga olib, kovidga chalingan va juda uzoq vaqt kasalxonalarda davolandim. Shu paytda oila qurishim, turmush o‘rtog‘im va farzandlarim bo‘lishi kerakligi haqida o‘yladim. Bekorga onalar qizlarini erta turmushga berishga shoshilmas ekan. Yoshi katta bo‘lgandan keyin inson tanlarkan. Turmush o‘rtog‘im mendan kuchli bo‘lishini, ko‘p pul topishini va aqlli inson bo‘lishini orzu qilaman. Sumkamni ko‘tarib, topganimga sherik bo‘ladigan er kerak emas, deydi Mahfuza Sherboyeva.

    Yulduz Rajabova 35 yosh

    Foto: Instagram

    Yil so‘ngida 36 bahorni qarshilaydigan aktrisa Yulduz Rajabovaning shaxsiy hayoti doimgidek sokin. Faqatgina bundan ikki yil avval “Mendirman Jaloliddin” serialining taqdimot marosimida aktrisaning bosh rol ijrochisi Emre Kiviljim bilan o‘rtasida o‘zaro iliq, do‘stona va samimiy munosabatlar borligi ko‘zga tashlangandi.

    Emre 2023-yilda o‘zbek jurnalisti bilan bo‘lgan intervyusida “Yulduzga bo‘lgan sevgingiz tugadimi?” degan savolga “Ishq bitmas, u mozorga qadar”, deb javob bergandi.

    Foto: Instagram

    Ammo Yulduz Rajabova so‘nggi intervyusida Emre bilan faqat do‘stona munosabatda bo‘lganini va ularning birga suratga tushishi haqida tarqalgan gap-so‘zlar haqiqatdan yiroq ekanini aytdi.

    Biz do‘stona quchoqlashib, loyiha bilan birga tabriklaganmiz. Bularning barchasi noto‘g‘ri talqin qilindi. Hozirda esa yuragim bo‘m-bo‘sh, deydi Yulduz.

    Feruza Normatova 36 yosh

    Foto: Instagram

    Mahoratli aktrisa Feruza Normatova bu yil 33 yoshni qarshilaydi. U ham hamon oila qurgani yo‘q. Aktrisaning Shahzod Sultonov bilan yaqinligi haqida gap-so‘zlar tarqalgandi. Ammo hozircha to‘ydan darak yo‘q.

    — Alloh nasib etgan kun oila quraman. Qiz bolalar nimani niyat qilsa, shu sodir bo‘lar ekan. Avvaldan uy-joyli bo‘lib, singillarimni turmushga berib, keyin oila qurishni niyat qilardim. Xuddi shunday bo‘lyapti. Muhimi, bolalarim zoriqib qolishini, bugun oila qurib, bir yildan keyin “bir-birimizga mos kelmadik”, deb ajrashib ketishni istamayman, — deydi aktrisa Feruza Normatova.

    Barchin G‘ofurova 35 yosh

    Foto: Instagram

    Aktrisa va teleboshlovchi Barchin G‘ofurovaga o‘zidan yosh yigit Sohib Rahmatullayev turmush qurish taklifini bergan. Ular hozirda juftlik sifatida ijtimoiy tarmoqqa video joylab keladi. Barchin G‘ofurova uni partnyorim deb ataydi.

    Barchin G‘ofurova bolaligida otasi ularni tashlab ketgani va holidan biror marta xabar olmagani uchun erkaklardan ko‘ngli qolganini aytadi. Shu sababli oila qurishdan ham qo‘rqaman, degan u.

    U yaqin kunlarda partnyori Sohib Rahmatullayev Umra safariga yo‘llanma sovg‘a qildi. Juftlik Umra safarini ado qilib qaytdi. Ammo ularning munosabati kuzatuvchilarini o‘ylantiradi — ular haqiqatan ham turmush quradimi yoki bu shunchaki piar?

    Shahlo Ahmedova 30 yosh

    Foto: Instagram

    Xonanda Shahlo Ahmedova ham hozircha oila qurmagan. Hamisha ijodi kabi sirli bo‘lishga intiladigan ijodkor shaxsiy hayotini ham ommadan yashiradi. Xonanda hali hech kimni sevib qolmagani haqida shunday degan:

    “Sevib qolmaganman hali, sevgidan kuyish tuyg‘usi men uchun tushunarsiz”.

    Luiza Rasulova 30 yosh

    Foto: Instagram

    Aktrisa Luiza Rasulova bu yil 30 yoshni qarshilaydi. Aktrisa ham shu paytgacha oila qurmagan. Luiza so‘nggi paytlarda film va seriallarda suratga kam tushyapti. U o‘zining shaxsiy brendiga asos solgan bo‘lib, ayollar go‘zalligiga hissa qo‘shuvchi biofaol qo‘shimchalar sotuvini yo‘lga qo‘ygan.

    Gulruh Pirnazarova 30 yosh

    Foto: Instagram

    Teatr aktrisasi va teleboshlovchi Gulruh Pirnazarova ham hali turmushga chiqmagan aktrisalardan. Ammo ko‘pgina hamkasblaridan farqli ravishda uning shaxsiy hayoti turli gap –so‘zlardan yiroq.

    Maftuna Shokirova 30 yosh

    Foto: Instagram

    Instabloger va aktrisa Maftuna Shokirova oq otdagi shahzodasini kutayotgan blogerlardan.

    — Intervyularimdan birida turmushga chiqsam, Ozod aka bilan ijodni to‘xtataman, deganman. Lekin hamkorlikni ular to‘xtatdilar. Demak, turmushga chiqmayapman, deydi Maftuna.

    Jasmin (Madina Fayzullayeva) 28 yosh

    Foto: Instagram

    Asl ismi Madina bo‘lgan xonanda Jasmin ham hali oila qurmagan sanʼatkorlardan. Uning shaxsiy hayoti haqida deyarli hech qanday gap-so‘zlar yo‘q.

    U shu yilning yanvar oyida “Yangi O‘zbekiston yulduzlari” milliy mukofoti taqdirlash marosimida “Yilning eng yaxshi estrada ayol xonandasi” nominatsiyasi bilan taqdirlandi. Bundan tashqari “Kelajak bunyodkori” medali bilan ham mukofotlandi. Uning “Kumush nolasi”, “Sevganlari bor”, “Jonim”, “Siz yaxshi-yu biz yomon” kabi qo‘shiqlari noodatiy yo‘nalishga egaligi bilan ajralib turadi.

    Aysanem Yusupova 28 yosh

    Foto: Instagram

    “O‘zbek qizi” filmi orqali tanilgan qoraqalpoq aktrisa Aysanemxon hozirda yangi kino va seriallarda suratga tushish bilan band. U o‘zini batamom ishga bag‘ishlagan.

    Muborak Abdullayeva 27 yosh

    Foto: Instagram

    Instabloger Muborak Abdullayeva ham hali turmushga chiqmagan qizlardan.

    — Hozir ko‘proq taqdir haqida o‘ylayman. Shu yigitga turmushga chiqasan deyishsa, indamay ko‘nib ketadigan 18 yoshli qiz emasmiz. Turmush quradigan inson bilan dunyoqarashimiz bir-biriga to‘g‘ri kelishi kerak. Shu sabab tanlov jarayoni qiyinlashib qoladi. Turmush o‘rtog‘im bilan do‘st bo‘laylik, yaxshi-yomon taraflarimizni bilaylik, to‘ydan keyin o‘zimizdan kimnidir “yasab” olmaylik, ungacha hammasidan boxabar bo‘laylik, deb yoshligimdan niyat qilaman.

    Durdona Qurbonova 27 yosh

    Foto: Instagram

    Bundan bir necha yillar avval aktrisa Durdona Qurbonovaning xonanda Imron bilan ishqiy munosabatlari haqida gap-so‘z tarqalgandi. Ammo ularning ikkisi ham bu gaplar asossiz ekanligi haqida aytishgan. Bundan so‘ng xonanda Imron 2021-yilda boshqa qizga uylangan va turmush o‘rtog‘ini ikki yil kutganini aytgan.

    Rayhon Asadova 25 yosh

    Foto: Instagram

    Yosh aktrisa Rayhon Asadova ham kelinlikka nomzodlardan biri.

    Bir necha yil avval aktrisaning Sardor Toirov bilan iliq munosabatlari haqidagi gap-so‘zlarga Rayhon xonandaning bir nechta kliplarida suratga tushgani sabab bo‘lgan. Ular “Baxtingni top”, “Sevmasam” va “Hasrat” kabi kliplarda sevishgan juftlik rolini ijro etishgan. Balki ularning hayotda birga bo‘lishlarini muxlislari ko‘proq istashgandir. Ammo ijodkorlar mish-mishlar asossiz, ular faqatgina ijodiy hamkor ekanliklarini bildirib o‘tishgan. Sardor Toirov 2022-yilning bahorida boshqa qizga uylandi.

    Zarina Yo‘ldosheva 24 yosh

    Foto: Instagram

    Asl kasbi raqqosa bo‘lgan Zarina Yo‘ldosheva ham kelinlikka nomzodlarda yana biri. Uning Shahzod Sultonov munosabatlari ko‘p marta muhokamalarga sabab bo‘lgan. Ammo Zarina hozir aktyor haqida gapirishni istamasligini aytadi.

    — U haqida gapirishni istamayman. Iltimos, menga u aktyor haqida hech qanday savollarni bermanglar. Nimadir bilmoqchi bo‘lsangiz, uning o‘zidan so‘rang, deydi intervyularida aktrisa.

    Bundan tashqari 39 yoshli komik aktrisa Anjelika Esimbetova, asosan salbiy qahramonlarni gavdalantiruvchi 33 yoshli aktrisa Jayrona Husanova va 29 yoshli instabloger Mahzunabonu (Imona) Ahmedova ham hali turmush qurmagan qizlardan.

    13 may, 19:40   Izoh (0)   180615
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Luiza Rasulova#Shahlo Ahmedova#kelinlikka nomzod#turmushga chiqmagan#o‘zbek san’atkorlari#Durdona Qurbonova

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Turklarni lol qoldirgan o‘zbek aktrisalari, obodonlashtirish xodimlariga issiq kiyim tarqatgan Ravshan Komilov, Toshkentda konsert bergan Zivert

    11.11.2021, 22:50

    Hamon oila qurmay, oq otdagi shahzodasini kutayotgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (video)

    04.05.2022, 20:43

    Instagram: Onasini tug’ilgan kuni bilan tabriklagan Zohirshoh Jo’rayev, taniqli turk aktyori bilan uchrashgan Yulduz Usmonova, sayohatdagi san’atkorlar

    20.07.2022, 22:22

    Instagram: Uchinchi farzandi haqidagi savolga javob bergan Asal Shodiyeva, Muqaddas Sa’dullayevaning yangi uyidan reportaj, Feruza Normatovaga sevgi izhor qilishdi...

    14.08.2022, 22:39

    Instagram: Zarina Nizomiddinova turmush o‘rtog‘ini ko‘rsatdi, Aziza Nizomova ona bo‘ldi, “Aristokrat”chi Sarvar uylandi

    24.08.2022, 22:21

    Instagram: Yangi mashinali bo‘lgan Jahongir Otajonov, Zara G‘aniyevaga kutilmagan sovg‘a, Zohid Risqiyevga atab qo‘shiq kuylagan Shohrux

    01.11.2022, 22:24

    Instagram: Jasur Rafiqovning so‘nggi videosi e’lon qilindi, Umradagi mashhurlar, 600 mln so‘mlik mashina olgan Hamdam Sobirov

    15.11.2022, 22:56

    Instagram: Yulduz Rajabovani tug‘ilgan kuni bilan tabriklagan Emre Kiviljim, Shukrullo Isroilov AQSHda, alla aytgan Saida Rametova

    23.12.2022, 22:55

    Instagram: Ilk marta ota bo‘lgan Jahongir Xo‘jayev, turmushga chiqqan Dildora Zokirova, qorni yoqtirmaydigan Rayhon

    11.01.2023, 22:18

    Instagram: Xotirasi to‘liq tiklanmayotgan Zohid Risqiyev, Parizodaga qo‘yilgan qo‘rqinchli tashxis, yangi uy xarid qilgan Xoliqjon vayner

    17.01.2023, 22:48

    Instagram: Shohruxxon Asalni “yeb qo‘ymoqchi”, to‘yda bepul xizmat qilgan Nilufar Usmonova, yangi mashinali bo‘lgan aktrisa

    07.02.2023, 23:02

    Instagram: yangi avtomobilli bo‘lgan Oyxon Iforzoda, oyog‘i singan Valijon Shamsiyev, oshqozonini kestirayotganlarga murojaat yo‘llagan Nilufar Hamidova

    25.03.2024, 10:16

    Instagram: Otasini xotirlagan Lola, Toshkentga kelgan Meryem Uzerli, Shohruxxon betob, Jahongir Latipov onasining orzusini ushaltirdi

    01.04.2024, 09:51

    Instagram: Nevarali bo‘lgan Hosila Rahimova, to‘ylarini Samarqandda o‘tkazgan Madina Karimova va Sardor To‘rayev, farzandini xorijda dunyoga keltiradigan Munisa Ri...

    31.05.2024, 22:33

    Instagram: Abdurashid Yo‘ldoshev nevarali bo‘ldi, Zohida Umarova heyterlardan qizini tinch qo‘yishni so‘radi, “Ummon”chi Shohrux yangi mashinali bo‘ldi

    10.08.2024, 16:28

    Instagram: saratonni yenggan Zara G‘aniyeva, farzand kutayotgan Afsona, Shahzoda Muhammedovaning qizi bilan ro‘y bergan ko‘ngilsizlik  

    23.08.2024, 11:40

    Instagram: Afruzaning to‘y sanasi aniq bo‘ldi, Munisa Rizayeva tug‘ilajak farzandining jinsini oshkor qildi, Ozoda unvon olganini nishonladi

    14.09.2024, 20:49

    Instagram: Uill Smit bilan uchrashgan Maryam Tillayeva, otasiga avtomobil sovg‘a qilgan Feruza Yusupova, Shohruxxonning yana bir qiyofadoshi topildi

    16.09.2024, 09:50

    “Taqvoli bo‘lsangiz, Luiza Rasulovani nimaga kuzatyapsiz?”. Davron Kabulov Instagram’dagi negativchilarga murojaat qildi (video)

    25.09.2024, 16:51

    Instagram: Feruza Karimova Sherzod Ergashevni plagiatda aybladi, Mavluda Asalxo‘jayeva tug‘ilgan kunini nishonladi, Shohruxxon qiyofadoshi bilan uchrashdi 

    16.10.2024, 11:51

    Instagram: Londonga o‘qishga ketgan Shahlo Ahmedova, Shohruh Xonning Hindistondagi uyiga borgan Tolibjon Isroilov, bitta she’ri orqali 25 ming dollar ishlagan Ahad...

    8 yanvar, 10:46

    Instagram: Farzand kutayotgan akrobat kelin, 8 kunda 11 ta shaharda bo‘lgan Davron Kabulov, Mavluda Asalxo‘jayeva umra safarida 

    7 fevral, 11:37

    Instagram: Bahora Arslonova farzand kutmoqda, Asal Shodiyeva tug‘ilgan kunini nishonladi, Imronning “birrovi” qancha?    

    8 aprel, 11:56
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga rasmiy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 21 may, 21:23

    Toshkentda fuqarolarga AQSH vizasini olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 21 may, 21:15

    O‘zbekiston Kubogi. “Lokomotiv” 6 ochko bilan guruhda qolib ketdi, “Olimpik Mobiuz” esa pley-offga yo‘l oldi

    Sport | 21 may, 21:09

    Toshkentning to‘rtta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi

    O‘zbekiston | 21 may, 20:55

    O‘zbekistonda avia, temiryo‘l va avtobus chiptalarini olish imkonini beruvchi yagona platforma ishga tushiriladi

    O‘zbekiston | 21 may, 20:40

    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi

    Reklama | 21 may, 19:30

    Xitoyda hayvonlar uchun mo‘ljallangan ilk trenajyor zali ochildi

    Layfstayl | 21 may, 20:25

    Xitoyning eng yirik portlaridan biriga Toshkentdan birinchi poyezd jo‘nab ketdi

    O‘zbekiston | 21 may, 20:10

    Huawei dunyodagi birinchi buklanadigan ekranli kompyuterni namoyish etdi

    Layfstayl | 21 may, 19:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.