• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    Sardor Kariyevning onasi sudda qatnashib, tovon pulini to‘lashni boshlashini aytdi. Jabrlanuvchilar Kariyevga uy qamog‘i qo‘llanishiga qarshimasligini ma’lum qildi

    “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha ayblanib, 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan Sardor Kariyevning ochiqqa chiqishi, tayinlangan jazoning uy qamog‘iga o‘zgarishi uchun jabrlanuvchilarga 76 milliard so‘mga yaqin tovon puli to‘lab berilishi va’da qilingandi. Farmagentlik sobiq rahbarining onasi Munira Kariyeva sudda qatnashib, ushbu pullarni aytilgan muddatda to‘lashga tayyorligini, faqat o‘g‘liga nisbatan qo‘llangan jazo uy qamog‘iga o‘zgarishidan umidvorligini aytdi. Bu haqda sudning 2024-yil 14-iyun kuni davom etgan navbatdagi majlisida so‘z bordi. 

    Munira Kariyeva.
    Foto: “Kun.uz”
    Ikki-uch yilda men aytilgan pulni to‘lab beraman. Faqat bitta iltimosim shuki, o‘g‘limga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini uy qamog‘iga o‘zgartirib bersangiz, men qaror chiqqan kundan boshlab pulni to‘lashni boshlayman, — dedi Munira Kariyeva.

    Sardor Kariyevning onasi 70 nafarga yaqin jabrlanuvchining har biriga dastlab 100 million so‘mdan to‘lab berishini, bu pullar jabrlanuvchilarga ikki hafta davomida to‘liq to‘lanishini aytdi. 

    Shuningdek, sudga grafik berganman. Qolgan pullarni aynan o‘sha grafik bo‘yicha to‘lab beraman. Bu gaplarimni Ommaviy axborot vositalari vakillari barchaga yetkazishlarini so‘rayman va men bu pullarning o‘z vaqtida yuz foiz to‘lab berilishini kafolatlayman, — dedi Kariyevning onasi. 

    Munira Kariyeva sudda shuningdek, jabrlanuvchilarning qonuniy vakillariga yuzlanib, ularning bu masala yuzasidan barcha savollariga javob berishga tayyorligini, ulardan talab qilinadigani esa bir yoqadan bosh chiqarib, ayni paytda qidiruvda bo‘lgan Sachin Jainning javobgarlikka tortilishi uchun kurashishda ko‘mak berishlarini iltimos qildi. 

    Advokatlarimiz xalqaro miqyosda ish olib borib, sirop ishi bo‘yicha asosiy aybdor — Sachin Jainning jazoga tortilishi uchun harakat qilishmoqda. Shu ishda bizga ko‘mak berib, yonimizda turishingizni iltimos qilar edik, — dedi sudlanuvchining onasi. 

    Sudda ishtirok etayotgan jabrlanuvchilarning qonuniy vakillari Munira Kariyevaning so‘zini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini, ularga farzandlarini davolatish uchun ayni paytda pul juda zarurligini aytib, “Sardor Kariyevga uy qamog‘i qo‘llanishiga qarshi emasmiz. Uning qamalishidan foyda yo‘q, muhimi, bizga mablag‘ to‘lab berilsa, bolalarimizni o‘z vaqtida davolatsak, shu eng muhimi”, — dedi.

    Munira Kariyeva, shuningdek, o‘g‘li Sardor Kariyev Farmagentlik rahbari bo‘lib ishlagan kezlari soha uchun katta ish qilganini, shu sabab soha vakili sifatida ham, ona sifatida ham o‘g‘lidan minnatdorligini bildirdi.

    Avvalroq O‘zbekistondagi yirik mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona Jurabek laboratories ta’sischisi, Sardor Kariyevning onasi Munira Kariyeva O‘zbekistonda eng kamida 68 nafar bolaning o‘limi va 16 nafar bolaning nogiron bo‘lib qolishiga olib kelgan “Dok-1 Maks” jabrlanuvchilariga sud tomonidan belgilangan 75 milliard 756 million so‘m miqdoridagi ma’naviy zararni to‘lab berish taklifi bilan chiqqani haqida xabar berilgandi. Keyinchalik ular dastlabki to‘lov sifatida 7,5 milliard so‘m to‘lovni birdaniga amalga oshirishni rejalashtirgani, shunda bu pullar 72 nafar jabrlanuvchiga birinchi oy uchun 100 million so‘mdan, 4 nafar jabrlanuvchiga 50 va 8 nafar jabrlanuvchiga 20 million so‘mdan tegishi ma’lum bo‘ldi.  

    14.06.2024, 18:49   Izoh (0)   25307
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Advokat “Dok-1 Maks”dan jabrlanganlarga tovon puli tezroq undirib berilishini so‘ramoqda 

    06.05.2024, 21:10

    “Dok-1 Maks” ishini ko‘rayotgan apellyatsiya instansiyasi sudni prokurorsiz davom ettirdi. Bu jamoatchilikka ochiqlangach, prokuror sud zaliga qaytdi 

    21.05.2024, 16:25

    “Hindiston dorilari importiga chek qo‘yish kerak”. Advokatlar qidiruvdagi “Dok-1 Maks” ishlab chiqaruvchisini qo‘lga olish haqida 

    07.06.2024, 21:35

    O‘zbekistonning uchta viloyatida “valyutchik”lar ushlandi

    14.06.2024, 18:35

    Afrikadan keltirilgan jirafa va zebralar, “Navro‘z” laqabli yo‘lbars, rejadagi “Kapalaklar uyi”. Hayvonot bog‘i yozgi jazirama uchun tayyormi?

    14.06.2024, 17:51

    O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari birgalikda daraxt ekdi

    14.06.2024, 17:29
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron prezidenti Isroil havo kuchlari zarbasida jarohat olgan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 14:00

    Yevroittifoqning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini bloklab turgan Slovakiya qaroridan qaytishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 13:34

    Rossiya va Belarus “an’anaviy qadriyatlarga asoslangan” sun’iy intellekt yaratmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 12:48

    AQSH davlat departamenti islohot vaji bilan 1 350 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatadi — CNN

    Dunyo | 13 iyul, 11:25

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38

    Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentra’da qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:14

    O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 09:32

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.