Markaziy Osiyodagi yetakchi raqamli bank ekotizimi sun’iy intellekt asosidagi kelajak bankini takomillashtirishda davom etmoqda. Bir yildan kam vaqt ichida TBC Uzbekistan ikki tilda nutqni tanish va sintez qilish vositalarini ishlab chiqib, amaliyotga tatbiq etdi, katta til modelini (LLM) o‘zbek tili va bank sohasiga moslashtirdi hamda mustaqil ishlovchi sun’iy intellekt agentlarini ishga tushirdi.
2024-yilda TBC o‘zbek tili uchun maxsus ishlab chiqilgan o‘z nutq texnologiyalarini yaratdi va kredit mijozlariga qo‘ng‘iroq qilish uchun ovozli SI-agentni muvaffaqiyatli joriy etdi. Endilikda TBC call-markazi yanada moslashuvchan ishlamoqda: yuklama ko‘paygan paytlarda qo‘shimcha agentlar ishga tushadi, yuklama kamayganda esa ularning soni avtomatik tarzda qisqaradi — bu kabi moslashuvchanlikni faqat operatorlar orqali ta’minlab bo‘lmaydi. Mahalliy lahjalarni yuqori aniqlikda tushunishi va tabiiy ohangdagi javoblari sababli mijozlar ko‘pincha SI-agentni inson deb o‘ylashadi. Bugungi kunda bunday agentlar to‘lov eslatmalari bo‘yicha qo‘ng‘iroqlarning 50 foizidan ortig‘ini qayta ishlamoqda.
2025-yil yanvar oyida bank ikki tilli katta til modelini ishga tushirdi va uni mahsulotlarni sotishda qo‘llay boshladi. Model mijozlarning so‘rovlari mazmunini tushungan holda mahsulotlar haqidagi savollarga javob beradi, bu esa allaqachon sotuvlar hajmining sezilarli o‘sishiga olib keldi. Mijozlar uchun bu — mahsulot tafsilotlarini tez tushunib, ariza berishga o‘tish imkoniyati bo‘lsa, bank uchun esa reklama xarajatlarini oshirmasdan murojaatlar sonining ko‘payishi hisoblanadi.
“Sun’iy intellekt sohasidagi yutuqlar bank sohasidagi innovatsiyalar uchun asosiy harakatlantiruvchi kuchga aylanmoqda. Biz Markaziy Osiyodagi eng keng ko‘lamli SI-loyihani amalga oshirmoqdamiz. Qo‘ng‘iroqlar uchun SI-yechimlarimiz va sotuvga yo‘naltirilgan chat-botlarimiz ayrim holatlarda real operatorlarga nisbatan o‘n barobar yuqori samaradorlikni ko‘rsatmoqda. Texnologiya mahalliy lahjalar va kontekstni tushunishni boshlagan pallada — u endi tajriba emas, balki biznesni oldinga suruvchi real kuchga aylanadi”, — deydi TBC Uzbekistan sun’iy intellekt departamenti rahbari Konstantin Kruglov.
TBC Uzbekistan tomonidan ishlab chiqilgan nutq texnologiyalari va ikki tillik katta til modellari (LLM), to‘lov eslatmalari va sotuv uchun SI-agentlar — bu bank tomonidan yaqin yillarda eng ilg‘or SI-yechimlarni bosqichma-bosqich joriy etish rejasidagi ilk qadamlardir. Ekotizimning diqqat markazida — xizmatlarni chuqur shaxsiylashtirish, mijozlar bilan omnikanal muloqot va operatsion jarayonlarni aqlli boshqarish orqali daromadlilik va samaradorlikni oshirish turibdi. Joriy yilda TBC Uzbekistan SI-agentlarni mijozlarni qo‘llab-quvvatlashning barcha kanallarida va boshqa biznes jarayonlarida joriy etadi. Shuningdek, nutq platformasi va zamonaviy katta til modellari imkoniyatlarini birlashtirib, mijozlarga o‘zbek tilida dialog shaklida turli operatsiyalarni bajarish imkonini beruvchi, yangi avlod SI-assistentini ham taqdim etadi.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)