• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    Advokatlar sudlanuvchilarning saqlanish joyidan norozi bo‘ldi, sudya jurnalistlarni ogohlantirdi: “Saidaziz medgorodok” sudidan reportaj

    Toshkentda jismonan baquvvat bir nechta shaxsni o‘z atrofiga to‘plab, o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish kabi jinoyatlarni sodir qilganlikda ayblanayotgan Saidaziz Saidaliyev va 28 nafar shaxsga nisbatan sud ishi boshlandi. Bu haqda sudda qatnashgan “Daryo” jurnalisti xabar berdi. 

    Foto: Oliy sud

    1987-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan Saidaziz Saidaliyev qarzdorlik va boshqa muammolari bo‘lgan shaxslar masalasini qonunni chetlab o‘tgan holda hal qilib berishi evaziga moddiy jihatdan manfaatdor bo‘lib kelgan. Shu sabab u fuqarolarga tahdid qilib, pul mablag‘larini noqonuniy qo‘lga kiritgan. 

    Foto: Oliy sud

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida sud raisi Murod Mirzajonov raisligida boshlangan majlisda dastlab 29 nafar sudlanuvchining shaxsi va ahvoliga aniqlik kiritildi.

    Foto: Oliy sud

    Guruhning asosiy a’zosi Saidaziz Saidaliyev Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” va “v” bandi (tovlamachilik), 168-moddasi 4-qismi “a” va “v” bandi (firibgarlik), 211-moddasi 3-qismi “a” va “b” bandi (pora berish), 242-moddasi 1-qismi (jinoiy uyushma tashkil etish), 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 277-moddasi 2-qismi “b” va “v” bandi (bezorilik), 277-moddasi 3-qismi “a” bandi (bezorilik) bilan ayblanmoqda.

    Foto: Oliy sud

    “Saidaziz medgorodok” laqabi bilan tanilgan shaxs va uning sheriklaridan jabrlanganlar soni 30 nafardan ortiq. Ular orasida tadbirkorlar ham bor.

    Foto: Oliy sud

    Oliy sud axborot xizmatining ma’lumot berishicha, dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra, sudlanuvchilar — S.Saidaliyev, M.Mirxodjayev, Sh.Samiyev, A.Akramov, I.Satvaldiyev, F.Alimov, R.Bobonazarov, L.Shomurodov, N.Tulyaganov, Sh.Quvatov, G‘.O‘rinboyev, U.Mahmudov, A.Nurmatov, B.Erkinov, A.Yuldashev, S.Usmonov, D.Umirzakov, T.Abdumalikov, D.Badalov, U.Raximov, D.Xoshakov, Z.Qayumov, B.Mo‘minov, D.Yunusov, D.Sultanov, B.Samadov, X.Riskiyev, B.Rahmonov va Yo.Sotivoldiyev Jinoyat kodeksining 112-, 165-, 168-, 182-, 227-, 228-, 229-, 236-, 237-, 238-, 242-, 243-, 277- va 28,211-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda. 28 nafar sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish va 1 nafariga munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llangan. Tasdiqlangan ayblov xulosasiga asosan mazkur jinoyat ishi doirasida 31 nafar jabrlanuvchi va 130 nafar guvoh aniqlangan. 

    Foto: Oliy sud

    Sudda so‘z olgan advokatlar sudlov hay’atiga iltimosnoma kiritib, sudlanuvchilarning ayni paytda saqlanayotgan joyini o‘zgartirib berishni so‘radi. Aytilishicha, sudlanuvchilar ayni paytda Toshkent shahar IIBB binosidagi vaqtincha saqlash joylarida saqlanmoqda.

    Foto: Oliy sud
    Ayni paytda sudlanuvchilar saqlanayotgan joyda na yuvinishga sharoit bor, na biz advokatlar bilan ko‘risha olishyapti. Qonunlarimizga ko‘ra, advokat himoya qilayotgan insoni bilan istalgan vaqtida ko‘risha olishi kerak. Shuningdek, sudlanuvchilar ham sud davomida ham munosib shart-sharoitda saqlanishga haqli, — dedi advokatlardan biri. 

    Yana bir advokat ham shunday talab bilan chiqib, sudlanuvchilarni “Toshturma”ga o‘tkazishni iltimos qildi. Barcha advokatlar buni qo‘llab-quvvatlab, advokatlarning umumiy talabi sifatida qabul qilinishini so‘radi. Sudya mazkur holatni o‘rganib chiqishini bildirdi. 

    Foto: Oliy sud

    Sudya Mirzajonov, shuningdek, OAV vakillariga yuzlanib, sud tergovi davomida qonunga amal qilgan holda jarayonni yoritib borishlari kerakligini eslatdi. Oldindan bashorat qilmaslik, sudlanuvchilarning hali aybdor emasligini inobatga olib, aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilinishi kerakligini bildirdi.

    Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 2-dekabr kuni Toshkent shahrida “Saidaziz medgorodok” laqabi bilan tanilgan shaxs qo‘lga olingani maʼlum bo‘ldi. U atrofiga jismonan baquvvat shaxslarni to‘plab, qarzdorlik va boshqa muammolarni qonunni chetlab o‘tgan holda hal qilib berish bilan shug‘ullangan. 3-dekabr kuni esa huquq-tartibot idoralari xodimlari “Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevni qo‘lga oldi.

    Ko‘p o‘tmay Toshkent shahrida profilaktik tadbir davomida Salimboy nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev ham ushlandi. 1950-yilda tug‘ilgan Abduvaliyev Salim Kirgizbayevich (248-modda 1-qismi, o‘qotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlash) gumon qilinuvchi tarzida jalb etilgan. Mart oxirlarida unga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangani maʼlum bo‘ldi.

    11.06.2024, 14:35   Izoh (0)   17256
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ko‘cha” sudlanmoqda :“Baxti Tashkentskiy” ayblovni rad etdi, yana bir sudlanuvchi esa prokuror ayblovini eshitib, qo‘rqib ketganini aytdi

    03.06.2024, 19:59

    DXX qidiruvga bergan, sud qamoqqa olish haqida ajrim chiqargan: “Dok-1 Maks” ishlab chiqaruvchisi qayerda?

    07.06.2024, 20:20

    “Xohlasa, rasm chizib o‘tirsin”. Jurnalistlarga “ko‘cha” sudini yoritish cheklandi

    10.06.2024, 20:09

    Toshkentdagi avtoservisda 3 ta avtomobil yonib ketdi

    11.06.2024, 14:30

    O‘zbekiston hukumatining ayrim sohalardagi vakolatlari qayta ko‘rib chiqilmoqda

    11.06.2024, 14:15

    O‘zbekistonda joriy etiladigan tergov sudyasiga qanday vakolatlar berilishi ma’lum qilindi

    11.06.2024, 12:53
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35

    AQSHda Facebook’da Trampga tahdid qilgan erkak qamoqqa olindi

    Dunyo | 12 iyul, 21:35

    Sharfga o‘ralib qolgan raqqosa, bedarak yo‘qolgan bosh vazir — g‘ayrioddiy va shubhali tarzda halok bo‘lgan dunyo mashhurlari

    Dunyo | 12 iyul, 21:16

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    JW: Yevropa Ittifoqi Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishidan manfaatdor emas

    Dunyo | 12 iyul, 20:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.