Toshkentning Sergeli tumanidagi avtoservisda yog‘in chiqib, 3 ta avtomobilga zarar yetdi. Bu haqda poytatx FVB matbuot xizmati xabar berdi.
11-iyun kuni soat 13:24 da Sergeli tumani, 6a-dahasidagi avtosalon oldida joylashgan avtoservisda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar tushgan. Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:33 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:44 da qurshab olingan va soat 13:51 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida avtoservisning ichki qismi va ichkarida bo‘lgan uchta avtomobil yonib zararlangan.
Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.








