• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    “Daryo”da Toshkentdagi “dom”da sodir bo‘lgan portlash 6 ta xonadon egasini “ko‘chada qoldirgani”, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi esa vaʼda berishdan nariga o‘tmayotgani hikoya qilingandi. Aholi vakillari shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi axborot xizmatining “Daryo”ga bildirishicha, poytaxt hokimligi tomonidan uysiz qolgan aholining yangi xonadon sotib olishi uchun mablag‘ ajratilgan.

    O‘sha noxush holatdan keyin shu kunning o‘zida shaxsan tuman hokimi, shahar hokimiyati bilan birgalikda hududda yashovchi fuqarolarni mehmonxonaga joylashtirdi. Aholi oziq-ovqat bilan taʼminlandi. Odatda aholiga to‘lanadigan kompensatsiya Toshkent shahar hokimiyati, Xalq deputatlari shahar kengashidan o‘tib keyin tuman hokimligiga keladi. Bunga ozgina vaqt kerak bo‘ldi. Shu sabab kechikish ro‘y berdi. Bugun shu masala hal bo‘ldi. Endi aholi uzog‘i bilan uch-to‘rt kun ichida kompensatsiya pullarini oladi, deydi Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Maʼmur Parmonov.
    Foto: “Daryo”

    Hokimlik vakili jabrlangan fuqarolarga murojaat qilib, tuman hokimligining uy-joy bo‘limiga borib, hujjatlarni taqdim etishlarini so‘ramoqda.

    Foto: “Daryo”
    Odamlar qancha tez hujjatlarini taqdim etishsa, shuncha tez pulni olishadi, deydi hokimlik masʼuli.
    Portlatilgan uyning 8- va 9- qavatlari olib tashlangandan keyingi holat.
     
    Portlatilgan uyning 8- va 9-qavatlari olib tashlangandan keyingi holat.
    Foto: “Daryo”

    Masʼullarning aniqlik kiritishicha, hokimlik ikki xonali uyidan ajralgan fuqarolarga 715 million so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lab berishni lozim topgan. Shuningdek, portlatilgan uyning tom qismi va zararlangan hududlarni ta‘mirlashni boshlagan.

    Foto: “Daryo”
    Bu pulga aynan o‘zimiz yashab kelgan Qorasuv-4 hududidan o‘zimizni uyimizdek ikki xonali uy ololmaymiz. Bu hududda narxlar juda qimmat. Shu sabab hokimlikdan pul miqdorini o‘ylab ko‘rishlarini so‘ragan bo‘lar edik, deydi jabrlanuvchi aholi vakillari.
    Foto: “Daryo”

    Mirzo Ulug‘bek hokimligi masʼulining bildirishicha, bu narx mustaqil baholash markazlari tomonidan bugungi bozor o‘rganilgan holda hisob-kitob qilingan.

     
    Portlatilgan uyning 8- va 9-qavatlari olib tashlangandan keyingi holat.
    Foto: “Daryo”
    Uylar narxi davlat tashkilotlari tomonidan baholanmagan. Bozor o‘rganilib, mustaqil baholash markazlari tomonidan Qorasuv-4 dagi ko‘p qavatli uylar narxidan kelib chiqib belgilangan. Shuningdek, o‘sha baholangan summadan kerak bo‘lsa ortig‘i bilan to‘lab berish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan, deydi Maʼmur Parmonov.
    Foto: “Daryo”

    Hokimiyat axborot xizmati rahbari “Daryo” jurnalistining “Aholida hokimlik ajratgan pulga uy ololmaymiz, bu kam, bizga pul emas uy olib berishsin deb talab qo‘yish imkoni bormi?”, degan savoliga “Boshida odamlar o‘z takliflarini bildirishgan, uy emas kompensatsiya maʼqul deyishgan”, deb javob berdi.

    Foto: “Daryo”

    Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning 1-mart kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida portlatilgan xonadon sabab ko‘p qavatli uyda yashovchi aholi vakillari uysiz qolgandi. Toshkent shahri hokimi hamda Mirzo Ulug‘bek tumani rahbari jabrlangan aholi vakillari bilan ko‘rishib, ular 10 kunda uyli bo‘lishini, muammo hal etilishini vaʼda qilishgandi. “Dom”dagi xonadonini portlatgan fuqaro buni oshxonadagi gaz plitasini yoqish orqali amalga oshirgan. Natijada gaz havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lib, yong‘in kelib chiqqan. Shundan so‘ng ham niyatiga yetmagan fuqaro to‘qqizinchi qavatdan o‘zini tashlash orqali joniga qasd qilgan.

    28 may, 21:15   Izoh (0)   5174
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Qorasu-4#Mirzo Ulug‘bek hokimligi#portlatilgan uy#Toshkent shahri#murojaat

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Fayzli TJMda xonadonlarni xarid qiling: narxlar 225,2 mln so‘mdan boshlanadi

    18.12.2020, 09:00

    Yashnoboddagi podstansiyada yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida tumanning bir qismi elektr energiyasisiz qoldi

    17.11.2021, 00:21
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30

    Fransiya prezidenti Isroilga qarshi siyosat yuritishda ayblandi

    Dunyo | 30 may, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.