Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakat Rossiya yoki rus xalqi bilan urush holatida emasligini ma’lum qildi.
“Biz Rossiya yoki rus xalqi bilan urushayotganimiz yo‘q”, — dedi Makron Parijda Xitoy rahbari Si Szinpin bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida.
Avvalroq Fransiya prezidenti Rossiya Yevropaga tahdid solayotgani haqida bayonot bergandi. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bunga javoban Makron shunday “rusofobiya g‘ori” bilan Yevropa yetakchisi bo‘lishga intilayotganini aytdi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronning bayonotini Napoleon va Gitlerning ambitsiyalari bilan solishtirib, Fransiya va Germaniya “o‘sha paytda Rossiyaga tahdid sifatida qaragani”ni ma’lum qildi.
Izoh (0)