Andijon shahrida 52 ta radar kamerasiga pnevmatik miltiqdan o‘q otgan erkakka jinoiy ish ochildi. Bu haqda shahar Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1976-yilda tug‘ilgan M.S. shahardagi 29 ta chorrahaga o‘rnatilgan quyidagi vositalarga zarar yetkazgan:
- 51 ta Hikvision rusumli yo‘l harakati qoidalari buzilganini aniqlaydigan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd qilish dasturiy-texnik vositalari;
- 1 ta Hikvision rusumli radar kompleksi.
Erkak ularga o‘ziga tegishli “SRKET” rusumli pnevmatik miltiqdan o‘q otgan va qasddan shikast yetkazgan.
Ish bo‘yicha o‘tkazilgan sud-tovarshunoslik ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, erkak jami 1 milliard 147 million so‘m moddiy zarar yetkazgan. Holat yuzasidan fuqaro M.S.ga nisbatan jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi “v” bandi (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)