• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12646.56
    • RUB160.88
    • EUR14461.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Turli mintaqadagi nizolar tinchlik va xavfsizlikka jiddiy tahdid solmoqda” — Shavkat Mirziyoyev

    Shavkat Mirziyoyev 7-aprel kuni Toshkentda o‘tayotgan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi yalpi majlisida nutq so‘zlab, Ukraina, G‘azo sektori va Afg‘onistondagi vaziyatga e’tibor qaratdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Prezident O‘zbekiston har qanday ziddiyat va qarama-qarshiliklarni faqat diplomatiya va tinch muzokaralar yo‘li bilan hal etishning qat’iy tarafdori ekanini yana bir bor ta’kidladi.

    “Umid qilamizki, Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha boshlangan muzokaralar jarayoni o‘zining ijobiy natijasini, albatta, beradi”, dedi davlat rahbari.

    Shavkat Mirziyoyev eng og‘riqli muammolarga xalqaro huquqning umume’tirof etilgan me’yorlari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining nizomi va rezolyutsiyalari asosida yechim topish muhimligini aytdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    “Jumladan, Falastin—Isroil nizosining yagona va adolatli yechimi ikki xalq uchun — ikki davlat tamoyilini ro‘yobga chiqarishdan iboratdir”, dedi prezident.

    Shavkat Mirziyoyev qo‘shni Afg‘oniston masalasiga ham to‘xtaldi.

    “Ushbu mamlakatning xalqaro maydonda yakkalanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, amaldagi hukumat bilan konstruktiv muloqot o‘rnatish, Afg‘onistonga Markaziy Osiyo mintaqasining ajralmas qismi va yangi imkoniyatlar makoni sifatida qarash lozim, deb hisoblaymiz. Bu borada parlamentlarning ko‘magiga ishonamiz”, dedi O‘zbekiston yetakchisi.

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotini universal va muqobili yo‘q yagona global tuzilma sifatida e’tirof etishini ta’kidladi. Bu borada bosh kotib Antoniu Guterrishning mazkur xalqaro tashkilotni chuqur isloh qilish, uning salohiyatini oshirish bo‘yicha olib borayotgan tizimli sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

    Davlat rahbari Yevrosiyo guruhining Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan bayonotini to‘la olqishladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Markaziy Osiyo tarixida ilk marotaba Toshkent shahrida Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi bo‘lib o‘tmoqda. 2024-yilning mart oyida Shveysariyaning Jeneva shahrida Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi Martin Chungong va O‘zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva o‘rtasida PIning 150-yubiley assambleyasini 2025-yil O‘zbekistonda o‘tkazish to‘g‘risida bitim imzolangandi. 30-yanvar kuni Oliy Majlis Senatida ushbu assambleyani o‘tkazish bo‘yicha  tashkiliy qo‘mita yig‘ilishida Tanzila Norboyeva mazkur tadbir faqatgina parlamentarizm va barqaror rivojlanishning ijobiy tajribasi yuqori bo‘lgan mamlakatlardagina o‘tkazilishini ta’kidlagandi. 

    5-aprel kuni Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Toshkent shahrida o‘z ishini boshladi. 6-aprelda Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasining “Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati” mavzusidagi birinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

    Parlamentlararo ittifoq haqida 

    Foto: Flickr

    Parlamentlararo ittifoq 1889-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, xalqaro tashkilotlar orasida yoshi eng ulug‘idir. Bu nufuzli tashkilot dunyo parlamentlarining yetakchi xalqaro organi sifatida mamlakatlarni o‘zida birlashtirgan. 1971-yildan buyon bosh qarorgohi Jenevada joylashgan. 

    A’zo parlamentlar va ularning deputatlari o‘rtasida yuksak qadriyatlarni ilgari suradigan ushbu tashkilot barcha millatlar o‘rtasida hamkorlik va muloqotni rag‘batlantirib kelmoqda. Ayni vaqtda tinch va hamjihat kelajakni ta’minlash uchun samarali qarorlar qabul qilish yo‘lida xizmat qilmoqda.

    7 aprel, 11:26   Izoh (0)   1813
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Parlamentlararo Ittiffoq

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tanzila Norboyeva Parlamentlararo ittifoqning 148-assambleyasida nutq so‘zladi

    25.03.2024, 21:20

    Parlamentlararo ittiffoqning 150-yubiley assambleyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

    31 yanvar, 14:31

    O‘zbekiston jahon parlamentarizmining markaziga aylanadi 

    23 mart, 08:51
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50

    Kuchga to‘layotgan yangi qudrat. Xitoy qaysi qurollari bilan dunyo eʼtiborini tortdi?

    11 iyun, 20:00

    Vahshiylikning eng yuqori cho‘qqisi — Isroil askarlari falastinlik 6 yoshli qizcha va uning qarindoshlarini qanday o‘ldirgan edi?

    10 iyun, 19:40

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Koksaki qanday virus va u nimasi bilan xavfli?

    Layfstayl | 12 iyun, 13:48

    YI va Buyuk Britaniya Gibraltar bo‘yicha siyosiy kelishuvga erishdi

    Dunyo | 12 iyun, 13:36

    Milliarder Ilon Maskning boyligi teng taqsimlansa, sayyoradagi har bir insonga qanchadan tushadi?

    Layfstayl | 12 iyun, 13:27

    Rasman. Murodjon Ahmadaliyevning keyingi jang sanasi va manzili ma’lum bo‘ldi (foto)

    Sport | 12 iyun, 13:20

    Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

    O‘zbekiston | 12 iyun, 13:18

    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin

    Reklama | 12 iyun, 12:00

    Isroil harbiylari G‘azodagi yordam punktida qirg‘in uyushtirdi (video)

    Dunyo | 12 iyun, 13:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.