Yevropa kengashi sun’iy intellekt (SI)dan foydalanish qoidalarini kuchaytirmoqda. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
SI bilan ishlovchi bir qator ilovalarni taqiqlashni ko‘zda tutuvchi qonun Yevropa kengashiga (YK) a’zo davlatlarning vazirlari tomonidan 21-may kuni ma’qullandi.
Yangilik tashabbuskorlari sun’iy intellekt texnologiyasining xavfsizligini va shaffofligini oshirishga intilmoqdalar. Ularning fikricha, muhim infratuzilma, ta’lim va sog‘liqni saqlashda foydalaniladigan talabgir tizimlar qat’iy talablarga javob berishi kerak.
Yevrokengash qadriyatlarini buzuvchi ayrim SI ilovalari taqiqlanadi. Ular orasida ijtimoiy xulq-atvorni baholash (social scoring) ham bor. Ish joyida va o‘quv muassasalarida hissiyotlarni aniqlash texnologiyalari ham taqiqlanadi. Videokuzatuv yordamida yuzni tanib olish texnologiyasidan jamoat joylarida foydalanishga ham cheklov qo‘yiladi.
Ammo istisnolar ham mavjud: politsiya va boshqa xavfsizlik organlari ushbu vositalardan odam savdosi yoki terrorizm kabi jinoyatlarga qarshi kurashish uchun foydalanish huquqiga ega, — deyiladi qonunda.
Yevrokengash hududida yangi qoidalar sun’iy intellekt tizimlarini ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar yoki foydalanuvchilarga taalluqlidir. Qoidalarni buzish moliyaviy jarimalarga sabab bo‘ladi.
Yevrokengashga a’zo barcha davlatlar tomonidan yangi normalar tasdiqlangandan so‘ng, qoidalar YKning rasmiy jurnalida chop etiladi va 20 kun o‘tgach kuchga kiradi.
Izoh (0)