AQSH Iqtisodiy tahlil byurosining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda shtatning nominal yalpi ichki mahsuloti (YIM) 4,1 trillion dollarga yetdi. Xudi shu davrda Yaponiya esa 4,02 trillion dollarlik nominal YIM ko‘rsatkichini qayd etgan. Bu haqda CNN nashri xabar bermoqda.

Boshqacha qilib aytganda, faqat Qo‘shma Shtatlar, Xitoy va Germaniyagina Kaliforniyadan ko‘ra kattaroq iqtisodiyotga ega. O‘tgan yilda shtat 6 foizlik o‘sish qayd etib yuqoridagi gigantlardan o‘zib ketgan edi.
“Kaliforniya dunyo bilan bir qadam tashlayotgani yo‘q — balki, u tezlikni belgilayapti. Iqtisodiyotimiz gullab-yashnamoqda, sababi biz insonlarga sarmoya kiritamiz, barqarorlikka ustuvor ahamiyat beramiz va innovatsiyalar kuchiga ishonamiz”, dedi hukumat vakili chorshanba kungi yangiliklar relizida.
Silikon vodiysi hamda uning ko‘chmas mulk va moliya sohalari ta’sirida 2024-yilda Amerikaning 40 millionga yaqin aholisi bo‘lgan Kaliforniya shtati hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat yalpi ichki mahsulotining 14 foizini tashkil etdi.
Kaliforniya 2024-yilda qariyb 675 milliard dollarlik ikki tomonlama savdo qilgan. Bunda Meksika, Kanada va Xitoy uning eng yirik savdo hamkorlari uchligiga kiritilgan. Kaliforniya importining 40 foizdan ortig‘i yuqoridagi mamlakatlarga to‘g‘ri keldi, bu o‘tgan yilgi umumiy importning 203 milliard dollarini tashkil etdi.
Izoh (0)