Uzum Bank tadqiqotlariga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘ylab 82% foydalanuvchi xaridlar uchun naqd pulsiz to‘lov qiladi. Ko‘pincha buning uchun plastik kartani tanlashadi – 83%. To‘lovlar taniqliligi bo‘yicha top 3 talikka ilova orqali to‘lov va savdo nuqtalarida QR-kod orqali orqali to‘lovlar kiradi. So‘rovnomada 1700 dan ortiq respondent ishtirok etgan.
So‘rovnomada ishtirok etganlarning 90% ida hech bo‘lmaganda bitta bank kartasi bor, har ikkinchi ishtirokchida kartalar soni ikkitadan ortiq emas. Ishtirokchilarning 60% i – plastik karta bilan to‘lash imkoniyati bo‘lgan hamma joyda, 43% i – yonida naqd pul bo‘lmaganida plastik karta orqali to‘lov qiladi. Ko‘pchilik foydalanuvchilar kartani qulaylik maqsadida tanlaydi – so‘rovnomaning 77% ishtirokchisi shunday javob bergan. 46% ishtirokchi o‘zi bilan naqd pul olib yurishni xohlamaydi, 38% – i keshbek olish uchungina karta bilan to‘lov qiladi.
Xaridlarni QR-kod orqali to‘laydigan foydalanuvchilarning 83% i uni tezkorligi va qulayligi uchun xush ko‘radi. Deyarli har ikkinchi ishtirokchi – 47% – keshbek olish uchungina QR-kod orqali to‘laydi. 45% ishtirokchi ushbu usulni xavfsiz deb hisoblaydi. QR-kod orqali to‘lov qiladigan foydalanuvchilarning 58% i – QR-kod orqali to‘lash imkoniyati bo‘lgan hamma joyda, 39% i – supermarket va do‘konlarda, 32% i – jamoat transportida QR-kod orqali to‘lov usulini tanlaydi.
Moliyaviy ilovalardan asosan maishiy xizmatlar to‘lovini amalga oshirish uchun foydalanaman – so‘rovnomada ishtirok etganlarning 64% i shunday javob bergan. Operatsiyalar taniqliligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda – uyali aloqa uchun to‘lov (60%), uchinchi o‘rinda – do‘stlar va yaqinlarga pul o‘tkazmalari (uni ishtirokchilarning 49% i tanlagan).
Faqat naqd pul bilan to‘lov qiladigan respondentlar orasida 39% ishtirokchi shunchaki bu usulga o‘rganib qolganini qayd etgan. Har ikkinchi ishtirokchi yonida bank kartasi bo‘lmasa, naqd pul bilan to‘lov qilar ekan. 45% ishtirokchi ushbu usuldan bozorlarda, 28% i – kichik xaridlar uchun to‘lov qilishda foydalanadi.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)