• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +45°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes Boks

    Bankrotlikdan keyingi hayot: 59 yoshli bokschi Mayk Tayson bugungi kunda nimalar bilan shug‘ullanmoqda?

    Bir vaqtlar dunyo bo‘ylab tanilgan bokschi, millionlab dollarlar sohibi bo‘lgan Mayk Tayson hayotida ko‘plab burilishlar yuz berdi. Uning boyligi deyarli 700 million dollarga baholangan edi, biroq u hamma pullarini ko‘kka sovurdi va 2003-yilda o‘zini bankrot deb e’lon qildi. 

    Foto: Lady.mail.ru

    Tayson juda ko‘p pulni hashamatli uylar, avtomobillar, yaxtalar, mototsikllar, bengal yo‘lbarslari va ularning murabbiylari, qimmatbaho taqinchoqlar hamda ziyofatlarga sarflagan. Shuningdek, uning hayotida zo‘rlash bo‘yicha sud ishi bo‘lib o‘tgan va u advokatlarga 100 million dollar atrofida to‘lagan.

    2020-yilda Mayk Tayson 15 yillik tanaffusdan so‘ng ringga qaytdi. Bu orqali u yana biroz daromad topmoqchi edi. U o‘sha yili besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni bo‘lgan Roy Jons Jr.ga qarshi ko‘rgazmali jang o‘tkazdi. Jang sakkiz raund davom etdi va durang bilan yakunlandi. Tayson bu jang uchun kafolatlangan 10 million dollar daromad oldi, yana shuncha miqdorni translyatsiya huquqlaridan topdi.

    2024-yilda amerikalik bloger va bokschi Jeyk Pol bilan yana bir ko‘rgazmali jang rejalashtirilgan edi. Biroq Taysonda sog‘liq muammolari yuzaga kelgani sababli jang sanasi ko‘chirildi. Bokschilar o‘rtasida 30 yosh farq bor. Mayk Tayson esa jangda yutqazdi.

    Tayson boshqa bokschilar janglarini ham tashkil qiladi. 2013-yilda u Iron Mike Promotions nomli promouterlik kompaniyasini tashkil etgan bo‘lib, u professional boks janglarini o‘tkazish bilan shug‘ullanadi.

    Foto: Legion-media

    So‘nggi yillarda Mayk Tayson turli televizion shou va filmlarda (ko‘pincha epizodik rollarda) ko‘rinish bera boshladi, shuningdek, o‘z hayoti haqidagi biografik filmlarda suratga tushdi. U butun dunyo bo‘ylab “Mayk Tayson: Inkor etib bo‘lmas haqiqat” nomli shou bilan gastrol qilgan. Bungacha, 2013-yilda shu nomdagi biografik kitobi chiqqan bo‘lib, u New York Times bestsellerlari ro‘yxatiga kirgan. Boks afsonasi ushbu sahna shousida tomoshabinlar bilan o‘z hayotidagi ilgari noma’lum va hayratlanarli voqealarni bo‘lishgan.

    2017-yilda Tayson “Temir ambitsiyalar” nomli ikkinchi kitobini nashr etdi. Unda u murabbiyi va asrab olgan otasi Kas D’Amato bilan bo‘lgan ishlari haqida batafsil hikoya qiladi.

    Mayk Taysonga tegishli “Hotboxin bilan Mayk Tayson” nomli podkasti ham mavjud. U yerda mashhur sportchilar mehmon bo‘ladi. Eng mashhur epizod — UFC sharhlovchisi Jo Rogan ishtirokidagi chiqish bo‘lib, u 11 million tomosha to‘plagan.

    Foto: Legion-media

    2018-yildan beri Mayk Taysonga tegishli kompaniya faoliyat yuritadi. Uning brendi — Tyson Holistic Holdings — turli mahsulotlar ishlab chiqaradi: shirinliklar, saqichlar, oziq-ovqat mahsulotlari, gazlangan ichimliklar.

    Bokschi ikki marta ajrashgan, sakkiz nafar farzandi bor. Ulardan bir qizi bolaligida baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan. Hozirda u uchinchi rafiqasi Lakiya Spayser bilan yashamoqda.

    3 iyul, 20:50   Izoh (0)   3730
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Mayk Tayson#bokschi#jang#ko‘rsatuv

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ruminiyada motosiklchi ayiq tomonidan o‘ldirildi

    Dunyo | 4 iyul, 17:31

    O‘zbekiston prezidenti IHT doirasida “Ekoinvest” dasturini qabul qilish muhimligini aytdi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 17:05

    BBC xodimlari teleradiokompaniyani Isroilga “tarafkashlik”da aybladi

    Dunyo | 4 iyul, 17:01

    OAV: Isroil Rossiya bilan Eron va Suriya bo‘yicha maxfiy muzokaralar o‘tkazdi

    Dunyo | 4 iyul, 16:55

    A Seriyaning 3 klubi “Real” futbolchisini ijaraga olmoqchi

    Sport | 4 iyul, 16:47

    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz

    Reklama | 4 iyul, 15:00

    Shavkat Mirziyoyev IHT doirasida “Turizm xizmatlarini kengaytirish bo‘yicha ‘yo‘l xaritasi’”ni ishlab chiqishni taklif qildi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 16:31

    Dubay valiahd shahzodasi restoran mehmonlarining 8 ming dollarlik hisobini to‘lab berdi

    Layfstayl | 4 iyul, 16:30

    O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 16:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.