AQSHning Las-Vegas shahridagi “MGM Grand” arenasida o‘tgan musobaqaning asosiy jangida Pakyao 30 yoshli Mario Barriosga (29-2-1) qarshi yarim o‘rta vazn toifasida WBC kamari uchun ringga chiqdi.

Sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni, filippinlik 48 yoshli afsonaviy bokschi Menni Pakyao (62-8-2) to‘rt yillik tanaffusdan so‘ng professional ringga qaytdi.
Menni jang davomida sezilarli darajada charchadi, zarbalarni ko‘proq o‘tkazib yuborayotganiga qaramay, jang ritmini yo‘qotmadi va har bir zarbaga javob qaytarishga harakat qildi. So‘nggi raundlarda Barriosning murabbiyi shogirdiga hatto koyib ham berdi: “Qattiqroq ishla, hech qanday hurmat ko‘rsatma!”.
Uchrashuv hakamlarning bo‘lingan qarorida durang bilan yakunlandi (115-113 Barrios foydasiga va ikki hakam qarori 114-114). Ta’kidlash joizki, “MGM Grand” arenasida bo‘lgan tomoshabinlar ushbu qarorni norozilik bilan kutib olishdi va hushtakbozlik qilishdi.
Izoh (0)