• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Ob-havo

    “Havo doimgidan kuchli isiydi”. O‘zbekistonga yangi issiqlik to‘lqini yaqinlashdimi?

    “O‘zgidromet” prognozlariga ko‘ra, 6–8-avgust kunlari O‘zbekistonning qator hududlarida havo harorati 45 darajagacha isiydi. Iqlimshunos Erkin Abdulahatov fikricha, bu galgi jazirama butun yoz davomida kuzatilgan issiqlik to‘lqinlaridan kuchliroq bo‘lishi mumkin.

    Erkin Abdulahatov
    Foto: “Daryo”

    Kelasi ikki kun davomida Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlari, Qoraqalpog‘iston hamda cho‘l hududlarida kunduzgi havo harorati 43 darajagacha issiq bo‘ladi. Keyinroq, 8-avgust kuni esa Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro va Navoiy viloyatlarida harorat maksimumi 45 darajagacha, vodiyda esa 42 darajagacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.

    Iqlimshunos Erkin Abduluhatovning yozishicha, navbatdagi issiqlik to‘lqini avvalgilaridan kuchliroq bo‘lishi kutilmoqda.

    “Respublika hududlariga navbatdagi issiqlik to‘lqini yaqinlashmoqda. Bejiz bugun (5-avgust) Nukusda tonggi haroratlar ko‘tarilib ketmagan. Chunki respublikaga aynan g‘arbdan sharqqa tomon yana bir jazirama to‘lqin yaqinlashib kelmoqda. Joriy issiqlik to‘lqini, yuqori ehtimol, hududlarda butun yoz bo‘yi kuzatilgan issiqlik to‘lqinlaridan kuchliroq bo‘lishi mumkin. Chunki avgust uchun tungi namlikning mavsumiy biroz ortish omili insonlarda haroratning yuqoriroq his qilinishiga olib keladi”, deya qayd etgan tadqiqotchi.

    O‘zbekistonda so‘nggi marta 25–29-iyul kunlari juda issiq harorat kuzatildi. Besh kun davomida respublika hududining katta qismida harorat kunduzlari 40–43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda esa 44–45 darajagacha ko‘tarildi. Aksar hududlarda kechalari ham 30 darajagacha issiq havo hukmron bo‘ldi.

    Bir necha kun davomida Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida eng yuqori haroratlar qayd etildi. Masalan, 27-iyul kuni shaharda kuzatuvlar tarixidagi eng issiq harorat rekordi qayta yangilandi. Yaʼni hududdagi havo harorati maksimumi 45 darajaga yetdi.

    Agar sutkalik harorat kamida 43 va undan yuqori darajada ketma-ket besh kun kuzatilsa, bu anomal issiq hisoblanadi. Bunday jazirama inson sog‘lig‘i uchun o‘ta xavfli meteorologik hodisa sifatida tasniflanadi.

    Erkin Abdulahatov fikricha, joriy yuqori issiqlik to‘liqini respublikaning katta qismida issiqlik anomaliyasini keltirib chiqarmagan.

    Ob-havoning keskin isib ketishi birinchi navbatda bolalar, qariyalar va bemorlarga og‘ir taʼsir qiladi. Hatto sog‘lom odamlar ham baʼzi qoidalarga rioya etishlariga to‘g‘ri keladi. Jazirama yuzaga kelgsa, Sog‘liqni saqlash vazirligi aholiga jazirama issiqdan saqlanish qoidalarini eslatgan.

    Vazirlik soat 10:00 dan 17:00 gacha salqin joylarda bo‘lishni, paxta matoli liboslar kiyishni, kuniga 3 litrdan kam bo‘lmagan miqdorda suyuqlik ichishni tavsiya qilgan. Kun davomida iliq dush qabul qilish, vaqti-vaqti bilan badanni sovuq suvda namlangan dastro‘mol bilan artib turish ham tanani haddan ziyod qizib ketishdan saqlashi taʼkidlangan.

    Ma’lumot uchun, 1983-yil Buxoro viloyatida O‘zbekiston tarixidagi rekord darajadagi issiq harorat kuzatilgan. O‘shanda respublikada havo 49,9 daraja issiq bo‘lgan. 1914-yilda esa Surxondaryo viloyati Termiz shahrida 49,6 daraja issiq harorat qayd etilgan. Toshkent shahrida esa 1997-yil 18-iyulda termometr ustunchasi 44,6 daraja issiqni ko‘rsatgan. Bu o‘sha davr uchun so‘ngi 160 yillik kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori, rekord darajadagi issiq harorat hisoblangan.

    05.08.2024, 13:16   Izoh (0)   130691
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda eng issiq havo harorati qachon kuzatilgani aytildi

    06.07.2023, 08:25

    “Havo harorati eng issiq davrga kirib boryapmiz” — iqlimshunos O‘zbekiston va dunyodagi iqlim o‘zgarishi haqida   

    14.06.2024, 16:54

    O‘zbekistonda anomal issiq qachon kuzatilishi mumkinligi prognoz qilindi

    16.06.2024, 23:28

    Yoz jaziramasida qanday mahsulotlarni yeyish tavsiya etilmaydi? 

    25.06.2024, 14:45

    2024 yil iyul oyi davomida qanday ob-havo bo‘lishi maʼlum qilindi

    01.07.2024, 21:40

    O‘zbekistonda 2024 yilning yozni birinchi oyi barcha kuzatuv yillari uchun eng issiq iyun oylari beshligiga kirdi

    05.07.2024, 19:04

    O‘zbekistonda jazirama issiq qancha davom etadi?

    25.07.2024, 16:40

    O‘zbekistonda avgust oyida qanday ob-havo bo‘lishi maʼlum qilindi 

    30.07.2024, 17:55
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.