Andijon viloyati Paxtaobod tumanida erkak qaynonasi va xotinini o‘ldirib qo‘ydi. Bosh prokuratura holat yuzasidan “Daryo”ga ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 1-avgust kuni soat 08:30 larda Paxtaobod tumanida yashovchi 1983-yilda tug‘ilgan A.N. turmush o‘rtog‘i va qaynonasi bilan o‘zaro janjallashib, ikkisiga ham temir jism bilan tan jarohati yetkazgan.
Olingan tan jarohatlari oqibatida qaynona voqea joyida, turmush o‘rtog‘i esa shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumon qilinuvchi shaxs protsessual tartibda ushlandi.
Bundan oldin Xorazm viloyati Shovot tumanida er xotinining boshiga 17 marta bolta bilan urib, o‘ldirib qo‘ygani, Farg‘ona viloyati Rishton tumanida erkak xotinini rashk sabab pichoqlagani, Toshkent viloyati Angren shahrida 9-sinf o‘quvchisi o‘zidan ikki yosh kichik bolani o‘ldirib qo‘ygani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)