• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    Toshkentdagi maktablar oshxonasining auksionda sotilishi to‘xtatildi

    Toshkent shahridagi umumta’lim maktablari oshxonasi auksion savdolari orqali sotilishi to‘xtatildi. Maktab direktorlariga bosim o‘tkazib, oshxonalarni sotuvga qo‘yishni talab qilayotganlarga qarshi kurashiladi. Buning uchun vazirga murojaat boti ham ishlab turibdi. Bu haqda vazir Hilola Umarova OAV vakillari bilan bo‘lgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. 

    Bugun, 28-avgust kuni Toshkent shahridagi 298-maktabda maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova OAV vakillari bilan uchrashib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi. 

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Matbuot anjumanida so‘z olgan “Daryo” jurnalisti nashrda Toshkent shahrida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari oshxonasi tez orada tijorat maskanlariga aylanishi mumkinligi, Olmazor tumanidagi maktab direktorlari tuman hokimi bosimi bilan oshxonalarni auksion savdoga chiqarishga majbur bo‘layotgani haqida maqola e’lon qilinganini aytib, “vazir sifatida sizga maktab o‘quvchilarining sog‘lom ovqatlanishi muhimmi? Maktab oshxonalarining auksion savdoda qimmat narxga sotilib, asosiy maqsad pul topish bo‘lib qolishi o‘quvchilar ovqatining sifati va narxiga ta’sir qilmaydimi?”, deya savol berdi. 

    “Sog‘lom ovqatlanish masalasi maktabgacha ta’lim tizimida ham, maktab ta’limi tizimida ham eng asosiy masalalarimizdan biri hisoblanadi. Shuningdek, maktablarda taqiqlangan mahsulotlar sotilishining oldini olishga barcha rahbarlarni jalb qilganmiz. Hozir maktab o‘quvchilarining sog‘lom ovqatlanishini yo‘lga qo‘yish uchun qaror ishlanmoqda. Kecha oshxonalarni auksionga chiqarish bo‘yicha berilgan topshiriqlarni nazoratga oldik”, dedi vazir. 
    Hilola Umarova.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Hilola Umarovaning tan olishicha, hududlarda boshqa bir tashkilotlar tomonidan o‘z manfaatini ko‘zlab vazirlik tarkibidagi tashkilotlarga noqonuniy topshiriqlar berish holati (“Daryo”dagi maqolalarda Olmazor tumani hokimi tumandagi maktab direktorlariga bosim o‘tkazib, maktab oshxonalarini avvaliga o‘ziga tegishli ekani aytilayotgan tadbirkorga berishga uringani, keyinchalik oshxonalarni auksion savdoga chiqarish bo‘yicha topshiriqlar bergani yozilgan) sodir bo‘lmoqda. 

    “Biz tizimdagi xodimlarimizga doim aytganmiz, shunaqa holatlar bo‘lsa vazirlikning ishonch telefoniga yoki vazirga murojaat boti orqali bu haqda xabar berish so‘ralgan. Vazirga murojaat botini doim kuzatib boraman va muammolarni hal qilishga urinaman”, dedi vazir. 

    Hilola Umarovaning qo‘shimcha qilishicha, vazirlik qoshida pedagoglarga bosim o‘tkazish yoki ularga noqonuniy topshiriq berganlarga qarshi kurashuvchi alohida jamoa, boshqarma ham tashkil etilgan. 

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    “Ushbu boshqarma pedagoglarga bosim qilayotganlarni u kim bo‘lishidan qat’i nazar qattiq nazoratga olgan”, deydi u. 

    Vazir “Daryo” jurnalistiga xodimi — Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Nilufar Husanovaning xatti-harakati haqida o‘qiganini, bu holat takrorlanmasligi uchun mas’ul ogohlantirilganini qo‘shimcha qildi.

    28.08.2024, 21:20   Izoh (0)   10662
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bo‘stonliqda davlat idoralari matbuot kotiblari va axborot xizmatlari rahbarlarining navbatdagi media-forumi boshlandi 

    26.07.2024, 16:20

    Olmazor tumanidagi maktab oshxonalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar hokimning oshxonaga aralashuvidan “dod” demoqda

    26.07.2024, 17:54

    Poytaxtdagi maktablar oshxonasi tijorat maskaniga aylanishi, maktab direktorlariga bosim bo‘layotgani aytilmoqda

    27.08.2024, 17:49

    Shavkat Mirziyoyev sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarish va samaradorlikni oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi 

    28.08.2024, 19:57

    Alibaba.com O‘zbekiston to‘qimachilik va qishloq xo‘jaligi mahsulot sotuvchilarini, butun dunyo bo‘ylab eksport qilishda qo‘llab-quvvatlaydi

    28.08.2024, 19:30

    Yangi loyiha majmuasini qurayotgan kompaniya hududdagi barcha daraxtlarni saqlab qolishga va’da berdi

    28.08.2024, 18:45
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.