Surxondaryoda yirik hajmli quvur yorilib ketishi, ichki aviareyslar uchun elektron hujjatlar bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘lishi, “O‘rikzor” bozorida “svet” o‘chirilib, odamlar kiritilmayotgani yuzasidan izoh berilishi — “Daryo” nashri 1-iyulda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.
Namanganda qalbaki valyuta sotuvchilar qamoqqa olindi
Ulardan biri soxta 20 ming dollarni sotishni taklif qilgan.
Pensiya va nafaqalar oshdi, uy-joy olishda yangi tizim, tadbirkorlarga yengillik: 1-iyuldan qator o‘zgarishlar kuchga kirdi
O‘zbekistonda ushbu sanadan kuchga kirgan asosiy o‘zgarishlar taqdim etildi.
Haj-2025 mavsumida 8 nafar o‘zbekistonlik Saudiya Arabistonida vafot etdi
Ularning 4 nafari ziyoratga noqonuniy yo‘llar bilan borgan fuqarolar bo‘lgan.
O‘zbekistonda ichki aviareyslar uchun elektron hujjatlar bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘ldi
Endilikda bir qator hujjatlarning qog‘oz shakli talab etilmaydi.
O‘zbekistonda nafaqa va moddiy yordam pullaridan kredit qarzdorligini avtomatik yechib olishga chek qo‘yiladi
Markaziy bank bunday insofsiz amaliyotlarni to‘xtatish bo‘yicha barcha kredit tashkilotlariga xat yubordi.
O‘zbekistonda qurilish oynalari chiqindilarini qayta ishlash uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etilishi mumkin
Deputatlar bu ko‘zda tutilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.
O‘zbekistonda nogironlar soni bir million nafardan oshdi — Statqo‘m
Bunda II guruh nogironlari ulushi 688 ming kishidan ko‘p.
Farg‘onadagi portlash: aybdorlarga hukm o‘qildi, qurbonlar oilasiga tovon pullari belgilandi
Sudda korxona rahbari ko‘rsatma berib, jabrlanganlardan uzr so‘radi.
Turkiyaning deportatsiya markazlaridan 50 nafar ayol O‘zbekistonga qaytariladi
Ushbu mamlakatda noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ma’muriy jazosiz ro‘yxatdan o‘tkazilib, yashash va ishlash ruxsatnomalari beriladigan bo‘ldi.
Buxorodagi bog‘chada tarbiyachi bolalarni ayovsiz kaltakladi (video)
O‘z lavozim majburiyatlarini qo‘pol ravishda buzgan tarbiyachi ishdan olindi.
Palov pishirish qanchaga tushadi? O‘zbekistondagi eng arzon va qimmat hududlar
Iyun oyi bo‘yicha yangi hisob-kitoblar e’lon qilindi.
“O‘rikzor” bozorida “svet” o‘chirilib, odamlar kiritilmayotgani yuzasidan izoh berildi (video)
Toshkent FVB holat yuzasidan tushuntirish bilan chiqdi.
Surxondaryoda yirik hajmli quvur yorilib ketdi (video)
Avariya oqibatida aholi mulkiga hech qanday ziyon yetmagan.
“Raqamli hukumat” tizimi taʼlim, tibbiyot, qurilish va kommunal sohalaridan boshlanadi
Shavkat Mirziyoyev raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt va telekommunikatsiya sohalaridagi rejalar taqdimoti bilan tanishdi.
Sport bo‘yicha nufuzli musobaqalar g‘olib va sovrindorlari oliy harbiy taʼlim muassasalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinadi
Shavkat Mirziyoyev Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Toshkentda KIA va BMW ishtirokida poyga uyushtirgan blogerlarga chora ko‘rildi (video)
“Afsusdamiz, barchadan uzr so‘raymiz”, deydi bloger.
Milliy rassomlik va dizayn institutini bitirgan mutaxassislarga maktablarda tasviriy sanʼat fanidan dars o‘tishga ruxsat beriladi
Prezidentga tasviriy va amaliy sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga oid qaror loyihasi haqida axborot berildi.
Izoh (0)